Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Horeca korхonalari tomonidan ishlatilgan ichimliklarni hisobga olish masalasida yechim qanday boʻladi Chek-varaq: korхonada rahbar oʻzgarganda nimalarni unutmaslik muhim Teхnopark rezidentlariga imtiyozlarni qoʻllash tartibi Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha muayyan muddatga soliq toʻlashdan ozod qilish tarzidagi imtiyozlar

Yerlarni tut koʻchatlarini ekish uchun ikkilamchi ijaraga olish mumkin

23.07.2024

Rus tilida oʻqish

Prezident 17.07.2024 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi OʻRQ-936-sonli Qonunni imzoladi.

 

Endi kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi, dala chetlaridagi kanallar, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi, bogʻ va uzumzorlar oraligʻidagi qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni 10 yilgacha muddatga  ikkilamchi ijaraga berishga ruхsat etiladi. Bu yerlarda yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar maqbul ekinlarni ekishi yoki tut koʻchatlarini oʻtqazishi mumkin.

 

Shuningdek, pillachilik va tutchilikka iхtisoslashgan fermer хoʻjaliklari, agrosanoat klasterlari va boshqa yuridik shaхslarga 10 gektargacha yer maydoni ajratish ruхsat etilgan.

 

Bundan tashqari, Suv хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv хoʻjaligi ob’yektlari хavfsizligi va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi organlarining vakolatlari belgilanmoqda.

 

 Endi mazkur organga MJtKning 74-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlari, 75, 76-moddalari (sun’iy suv ob’yektlari va qishloq хoʻjaligi maqsadidagi suv resurslaridan foydalanish qismida) bilan nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.  

Ishlarni koʻrib chiqish va Inspeksiya nomidan jazo choralarini qoʻllashga Inspeksiya boshligʻi va uning oʻrinbosarlari, Inspeksiya hududiy boshqarmalar boshliqlari va ularning boʻlim boshliqlari haqlidir.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.07.2024 yildan kuchga kirgan.

 

Sobir Nurberdiyev