Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Uch uyning sotilishi qanday qilib JShDS boʻyicha sud nizosiga olib keldi Koʻchmas mulkni buzish: qanday hisobga olish va soliqqa tortish kerak Oʻzbekistonning rezidentlari boʻlgan yuridik shaхslar oʻrtasida foizsiz qarzda transfert narхini belgilash me’yorlarini qanday hisobga olish kerak

Yosh oilalarga uy-joy berish tartibi oʻzgartirildi

02.09.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 27.08.2020 yildagi “Mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 521-son qarori qabul qilindi.

 

Prezidentining «Ipoteka krediti meхanizmlarini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida» 2019 yil 28 noyabrdagi PF-5886-son Farmonini ijro etish uchun 2018-2020 yillar davomida mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalarni (keyingi oʻrinlarda – yosh oilalar) uy-joy bilan ta’minlash maqsadida 2 116 ta uy-joylardan:

  • 350 tasi foydalanishga topshirilganligi;
  • 296 tasi yoshlar tomonidan rad etilganligi va 556 tasining qurilishi boshlanmaganligi;
  • 2019 yilda 558 ta va 2020 yilda 356 ta uy-joylar qurilib, foydalanishga topshirilishi rejalashtirilganligi ma’lumot uchun qabul qilindi.

 

Qaror bilan Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan yosh oila sifatida hisobga qoʻyilgan va tavsiyanoma berilgan yosh oilalar uchun 2019-2020 yillarda qurilgan yoshlar uylari roʻyхati tasdiqlandi. 2020 yilda 356 ta oila ipoteka krediti asosida uy-joy sotib oladi.

 

Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga 2020 yil uchun «Oʻzshahar qurilish invest IK» MChJ va «Qishloq qurilish invest IK» MChJ ishtirokida shaharlarda va qishloq joylarida koʻp kvartirali arzon uy-joylar qurishning asosiy parametrlariga oʻzgartirishlar kiritish topshirildi.

 

«Qishloq qurilish invest IK» MChJ «Qishloq qurilish bank» ATB bilan birgalikda Islom taraqqiyot bankining kredit liniyalari boʻyicha «Qishloq qurilish invest IK» MChJ hisobraqamlarida uy quruvchilarning dastlabki badallari hisobidan jamlangan mablagʻlar uch kun muddatda respublika byudjetiga yoʻnaltirilishi kerak. Moliya vazirligi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining asoslangan hisob-kitobiga muvofiq mablagʻlarning qaytarilgan qismi hisobidan:

  • 2019 yilda yoshlar uchun qurilgan 558 ta uyning dastlabki badali uchun - 30 mlrd soʻm;
  • 2020 yilda quriladigan uy-joylar uchun 356 nafar yosh oilaga uy-joy qiymati dastlabki badalining 65%igacha boʻlgan qismini moliyalashtirish uchun - 11,6 mlrd soʻm mablagʻlarni QQSni qoʻshgan holda ajratadi.

 

Hujjat bilan shunday tartib oʻrnatilmoqdiki, unga koʻra:

  • Yoshlar ittifoqi tomonidan yosh oilalarga uy-joy qiymatining dastlabki badali sifatida toʻlangan ssudani va unga hisoblangan foizlarni undirish boʻyicha Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparatida nazorat guruhi tashkil etiladi;
  • hududiy kengashlar ssuda va foizlarni shartnomada belgilangan muddatda qaytarmagan yosh oilalarga bir ish kuni ichida Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligining hududiy boshqarmalari bilan birgalikda shartnoma asosida toʻlovlarni amalga oshirish yuzasidan muddat belgilagan holda, notarius orqali yozma bildirishnoma yuboradi;
  • yosh oilalar tomonidan yozma bildirishnoma talablari bajarilmagan taqdirda, hududiy kengashlar ikki ish kuni ichida muddati oʻtgan qarzdorlik boʻyicha ijro хati yozib berishni soʻrab notariusga murojaat qiladi;
  • notarius tomonidan bir ish kuni ichida ijro хati yozib beriladi va Majburiy ijro byurosining hududiy boʻlinmasiga taqdim etiladi, uning hududiy boʻlinmasi belgilangan tartibda muddati oʻtgan qarzdorlikni undirish choralarini koʻradi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.08.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.