Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Yoshlar ishlari agentligi Vazirlar Mahkamasi tasarrufiga oʻtkazildi

24.01.2024

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 20.01.2024 yildagi PF-18-sonli  «Yoshlar siyosati va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni qabul qilindi.

 

Yoshlar ishlari agentligi Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimidan Vazirlar Mahkamasi tasarrufiga oʻtkazildi.

 

Yoshlar siyosati va sport vazirligi negizida Sport vazirligi tashkil etildi. 

 

Sport vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi tegishligi boʻyicha Yoshlar siyosati va sport vazirligining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan хalqaro shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

 

Sportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi Sport vazirligi hamda  uning tizimidagi byudjet tashkilotlari huzurida, Yoshlarga oid  davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi Yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy boʻlinmalari hamda Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti huzurida mablagʻlarni shakllantirish va ulardan foydalanishning amaldagi tartibini toʻliq saqlab qolgan holda yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan byudjetdan tashqari jamgʻarma sifatida faoliyat yuritadi.

 

Sport sohasiga hamda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga bevosita yoki bilvosita ta’sir qiladigan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari, shuningdek, Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan barpo etiladigan yoshlarga oid infratuzilma sport ob’yektlari va inshootlarning loyiha hujjatlari tegishlicha Sport vazirligi va Yoshlar ishlari agentligi bilan majburiy ravishda kelishiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.01. 2024 yildan kuchga kirdi.