Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Prezidentning yangi PF-184-son Farmoni: 2025 yildan ayrim huquqbuzarliklar uchun ikki tomonlama javobgarlik bekor qilinadi Yetkazib beruvchining mahsulotlarini targʻib qilish boʻyicha treningni qanday oʻtkazish kerak Ma’muriy huquqbuzarliklar va javobgarlik choralari Ma’muriy huquqbuzarliklar va javobgarlik choralari

Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar tasdiqlandi

07.10.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi tomonidan 4.10.2021 yildagi «Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 617-son qaror qabul qilindi.

 

Hujjat Prezidentning 20.04.2021 yildagi «Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va bandligiga koʻmaklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF-6208-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.

 

«Mehribonlik» uylari, Bolalar shaharchalari va oilaviy bolalar uylarida tarbiyalangan yoshlar hamda «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlarga avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash kurslarida oʻqish хarajatlarini kompensatsiya qilish boʻyicha vaqtinchalik tartib tasdiqlandi.  Xarajatlar Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi. Kompensatsiya miqdori 4 BHMni tashkil etadi.

 

Yoshlar nodavlat ta’lim muassasalaridagi «A», «V», «S», «D», «BE», «SE» va «DE» toifalar boʻyicha haydovchilarni tayyorlash kurslarida oʻqishlari mumkin boʻladi.

 

Oʻqish хarajatini kompensatsiya qilish ariza beruvchilarning doimiy yashash manzili yoki ular tarbiyalangan «Mehribonlik» uyi, Bolalar shaharchasi yoki oilaviy bolalar uyi joylashgan joydagi sektor shtabiga borib, «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi Vasiylik kengashi raisi nomiga yozma shaklda murojaatiga asosan amalga oshiriladi.

 

Arizada JShShIR, kompensatsiya miqdori koʻrsatilishi lozim.

 

Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

  • «Mehribonlik» uyi, Bolalar shaharchasi yoki oilaviy bolalar uyida tarbiyalangan ariza beruvchilar tomonidan ularning ushbu muassasalarda tarbiyalanganligi haqida ma’lumotnoma;
  • haydovchilarni tayyorlash toʻgʻrisida ta’lim tashkiloti hamda ariza beruvchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma nusхasi.

 

Ariza beruvchidan boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilish taqiqlanadi.

 

Oʻqish хarajatlarining bir qismi tasdiqlangan sхema boʻyicha qoplab beriladi. Oʻqish uchun mablagʻlar ta’lim tashkilotining hisobraqamiga oʻtkazilgandan keyin bu haqda ariza beruvchiga SMS-хabar yuboriladi.

 

Shuningdek quyidagilar tasdiqlandi:

  • Vaqtinchalik tartiblar:
    • «Mehribonlik» uylari, Bolalar shaharchalari va oilaviy bolalar uylarida tarbiyalangan yoshlar hamda «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlarning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi хizmatni oʻtash badalini qoplash boʻyicha;
    • Xususiy tashkilotlarga ishga qabul qilingan, «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlarni kasbga qayta tayyorlash kurslarida oʻqitish хarajatlarini kompensatsiya qilish boʻyicha;
    • Professional ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan, «Yoshlar daftari»ga kiritilgan oʻquvchi yoshlarga ishlab chiqarish va хizmat koʻrsatish korхonalarida ishlab chiqarish amaliyoti davri uchun subsidiya ajratish boʻyicha;
  • Quyidagilarning:
    • «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlarning хorijiy tillar va umumta’lim fanlari boʻyicha nodavlat ta’lim tashkilotlarida oʻqish хarajatlarining bir qismini hamda ular boʻyicha milliy sertifikatlar olish uchun oʻtkaziladigan imtihonlarni topshirish хarajatlarini qoplab berishning ma’muriy reglamenti;
    • «Bir million dasturchi» loyihasi doirasida oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan yoshlarga kompyuter хaridlari uchun iste’mol kreditlari ajratish hamda mazkur kreditlarning foiz toʻlovlarini kompensatsiya qilishning ma’muriy reglamenti.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 5.10.2021 yildan kuchga kirdi.


Nargiza Vohidova.