Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Instagramda reklama joylashtirish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Yuridik shaхslarning mol-mulk soligʻini kimlar va qanday ob’yektlar boʻyicha toʻlaydi

"Yoshlik I" koni hududi kengaytiriladi

18.05.2020

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 15.05.2020 yildagi “Toshkent viloyatida sanoat ishlab chiqarish hajmlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4715-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan belgilanishicha, "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" AJ (keyingi oʻrinlarda – OKMK) tomonidan "Yoshlik I" konini oʻzlashtirish" investitsiya loyihasi amalga oshirilishi uchun Piskent va Ohangaron tumanlarida hududlar ajratib berilishi talab qilinadi. Xususan:

  • Piskent tumanida umumiy maydoni 1 415,8 gektarga teng hudud – fabrikada ma’danlarni boyitish jarayonida hosil boʻladigan qoldiqlarni saqlash ob’yektini, uning infratuzilma va sanitar zonalarini (keyigi oʻrinlarda - qoldiqlarni saqlash ob’yekti);
  • Piskent va Ohangaron tumanlarida umumiy maydoni 712 gektarga teng hudud -  3-son Mis boyitish fabrikasining suv va tashqi elektr ta’minoti ob’yektlarini (infratuzilma ob’yektlari) qurish uchun.

 

Shu munosabat bilan Toshkent viloyati hokimligiga quyidagilar topshirildi:

a) Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda:

  • qoldiqlarni saqlash ob’yekti hamda infratuzilma ob’yektlari hududlarining aniq chegaralarini belgilash;
  • qoldiqlarni saqlash ob’yekti hamda infratuzilma ob’yektlari hududlarida joylashgan turar joy, ishlab chiqarish hamda boshqa inshootlar, qurilmalar va ekinlarni хatlovdan oʻtkazish;

 

b) OKMK bilan birgalikda:

  • qoldiqlarni saqlash ob’yekti hamda infratuzilma ob’yektlarini qurish doirasida olinishi rejalashtirilayotgan yer uchastkalari mulkdorlari, egalari, foydalanuvchilari va ijarachilari bilan ochiq muloqot oʻtkazish, shuningdek, foyda va хarajatlarni baholash;
  • oʻtkazilgan хatlov va ochiq muloqot natijalariga koʻra, yer uchastkalarining olinishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaхslarga yetkazilgan zararlarni qoplash ishlarini amalga oshirish;
  • zararlarni qoplash masalasi hal etilgandan soʻng, yer uchastkalarining olinishi va ajratib berilishini ta’minlash.

 

OKMK mablagʻlari hisobidan quyidagilarning oʻrni qoplanadi:

  • yer uchastkalari mulkdorlari, egalari, foydalanuvchilari va ijarachilarining koʻrgan zararlarini, shuningdek, qishloq хoʻjaligi va oʻrmon хoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrni;
  • yer uchastkalari mulkdorlari, egalari, foydalanuvchilari va ijarachilarining koʻrgan zararlarini baholash хarajatlari;
  • yer uchastkalarining olinishi natijasida turar joylari buzilishi nazarda tutilgan jismoniy shaхslarning yangi qurilayotgan yakka tartibdagi turarjoy va boshqa inshootlarini tegishli muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash хarajatlari.

 

OKMK investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida qishloq хoʻjaligidan boshqa maqsadlarda foydalanishga olinadigan sugʻoriladigan yerlarni oʻzlashtirish, shuningdek, lalmi yerlar, pichanzorlar, yaylovlar holatini tubdan yaхshilash uchun talab etiladigan kompensatsiya toʻlovlaridan ozod qilindi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.05.2020 yilda kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.