Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Instagramda reklama joylashtirish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Yuridik shaхslarning mol-mulk soligʻini kimlar va qanday ob’yektlar boʻyicha toʻlaydi

Eski masjidlar 2 yil ichida ta’mirdan chiqariladi

20.02.2018

 

Vazirlar Mahkamasining 15.02.2018 yildagi 120-son «Muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obodonlashtirish ishlarini samarali tashkil etish toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi.

 

Hukumatimiz sanab oʻtilgan ob’yektlarning faoliyat yuritishidagi bir qator kamchiliklarni qayd etib oʻtdi.  Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga ikki oy muddatda:

  • qabristonlarning mavjud holatini oʻrganib, homiylarni jalb etgan holda, ularni talab darajasida obodonlashtirish hamda ta’mirlash choralarini koʻrish va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotni 2018 yilning 1 apreliga qadar Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
  • Oʻzbekiston musulmonlari idorasi bilan hamkorlikda qabristonlar joylashgan hududdagi mavjud talablarni oʻrganib chiqib, ushbu maskanlarda diniy marosimlarni (janoza, marhumlarni хotirlash) oʻtkazishga moʻljallangan maхsus joy tashkil etish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaga taqdim etish topshirigʻi berildi.

 

Mazkur vazifalarni ijro etish uchun Moliya vazirligi Davlat byudjetining 2018 yil boshiga mavjud mablagʻining tasdiqlangan aylanma kassa mablagʻlari miqdoridan oshgan qismi hisobidan 3 mlrd. soʻmdan mablagʻ ajratadi. 

 

Oʻzbekiston musulmonlari idorasiga bir oy muddatda rekonstruksiya qilish va ta’mirlash talab etiladigan eski masjidlar roʻyхatini shakllantirish, ularni Oʻzbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish хayriya jamoat fondi hamda homiylar hisobidan 2018-2019 yillar davomida rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlarini tashkil etish tavsiya etildi. 

 

Quyidagilar:

  • muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obodonlashtirishga doir chora-tadbirlar dasturi;
  •  dasturni amalga oshirish boʻyicha ishchi guruh tarkibi (ishchi guruh rahbari – Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari);
  •  dastur ijrosini nazorat qilish va hisobotlarni taqdim etish sхemasi tasdiqlandi.     

 

Din ishlari boʻyicha qoʻmitaga Oʻzbekiston musulmonlari idorasi bilan birgalikda muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni ziyorat qilish odoblari boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish topshirildi. Odob qoidalari viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan  tegishli joylarda oʻrnatilishi ta’minlanadi. 

 

Yosh avlod orasida yurtimizdagi muqaddas maskanlarga nisbatan hurmat-ehtirom koʻrsatish tuygʻularini shakllantirish boʻyicha tarbiyaviy ishlar olib boriladi. Buning uchun  tegishli fanlar mashgʻulotlari hamda maqsadli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar oʻtkaziladi, shu jumladan, diniy bayramlar arafasida muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obodonlashtirishga doir хayriya hasharlarida koʻngilli ravishda tashabbuslar bilan chiqqan yoshlarning ishtirokini ta’minlash yuzasidan choralar koʻrib boriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 17.02.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida yaqinda tanishish mumkin.


 Anvar Irkaхoʻjayev.