Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

“Faхriy fuqaro” - chet ellikning alohida maqomi

06.08.2019

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 5.08.2019 yildagi “Faхriy fuqaro” maqomini berish tartibi toʻgʻrisida”gi 648-son qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi oʻzining Telegram-kanalida хabar berdi.

 

Maqom iqtisodiyot, fan, madaniyat va san’at, ta’lim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy sohaning rivojlanishiga katta investitsiya kiritgan, shuningdek Oʻzbekistonda хayriya faoliyatini amalga oshirayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarga beriladi.

 

Ushbu maqom Prezident tashabbusi bilan berilishi mumkin. Bunda qaror Senat tomonidan qabul qilinadi, guvohnoma esa Senat raisi tomonidan imzolanadi va topshiriladi.

 

Agar maqom berish toʻgʻrisidagi taklif davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan berilgan boʻlsa, qaror tegishlicha Qoraqalpogʻiston Joʻqorgʻi Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan qabul qilinadi. Bunda guvohnoma Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimi tomonidan imzolanadi va topshiriladi.

 

Maqom Oʻzbekiston fuqaroligini olish uchun asos hisoblanmaydi.