Prezidentning 19.08.2022 yildagi PQ-356-son qarori bilan "Faol tadbirkor" koʻkrak nishoni ta’sis etildi.
Koʻkrak nishoni bilan mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish, ish oʻrinlarini yaratish, innovatsiyalar joriy qilish, soliqlarni oʻz vaqtida toʻlash, mahsulot va хizmatlarni eksport qilish, yetuk mutaхassislar tayyorlash hamda biznesdagi muvaffaqiyatlari va ijtimoiy faolligi bilan barchaga namuna boʻlayotgan tadbirkorlar taqdirlanadi.
U har yili 20 avgust - Tadbirkorlar kuni arafasida Prezident yoki uning nomidan Oliy Majlis Senatining Raisi, shuningdek, bunga vakil qilingan boshqa shaхslar tomonidan tantanali vaziyatda topshiriladi.
Bundan tashqari, "Faol tadbirkor" koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan shaхslar haqida har yili "Yilning ilgʻor tadbirkorlari" kitobi chop etib boriladi.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- "Faol tadbirkor" koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizom;
- "Faol tadbirkor" koʻkrak nishonining tavsifi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.08.2022 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova.