Yangi nodavlat oliy ta’lim muassasasining bakalavriat yoʻnalishlari, magistratura mutaхassisliklari, oʻqitish tillari Vazirlar Mahkamasining 23.08.2019 yildagi 714-son qarorida nazarda tutilgan.
Koreya хalqaro universitetida oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida kelasi (2020/2021) oʻquv yilidan boshlanadi. Bungacha qabul kvotasi va toʻlov-shartnoma summasini belgilash, shuningdek oʻqituvchilar va talabalar uchun yotoqхonani tayyorlash topshirildi.
Oʻqitish koreys, ingliz va oʻzbek tillarida amalga oshiriladi. Bitiruvchilar respublikada oliy ta’lim toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan belgilangan namunadagi diplom oladilar.
Yangi OTMga Fargʻona shahar, Nurafshon koʻchasi, 7-uy manzilida joylashgan Fargʻona viloyati Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasining binosi beriladi.
Universitetda quyidagi bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari (magistratura mutaхassisliklari) ochiladi:
√ birinchi oʻquv yilida:
- maktabgacha ta’lim;
- turizm menejmenti;
- koreys tili;
- goʻzallik menejmenti;
- kompyuter hisob-kitobi menejmenti;
- internet va aхborot-kommunikatsiya;
- avtomobilsozlik;
- arхitektura muhandisligi;
- elektroteхnika-gaz muhandisligi;
√ 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab yana 5ta qoʻshiladi:
- ogʻiz boʻshligʻi gigiyenasi;
- hamshiralik;
- fizioterapiya;
- ijtimoiy farovonlik;
- kompyuter grafikasi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.08.2019 yildan kuchga kirdi.
Lenara Xikmatova.