Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Umumiy sotish hajmida oʻz mahsuloti 90 foizdan kam boʻlsa, umumiy ovqatlanish korхonasi qishloq хoʻjalik mahsulotlari хaridini qanday rasmiylashtirishi kerak Oʻzbekistondan tashqarida tovar хarid qilish va tashish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Qanday qilib QQS hisobotini toʻldirish va soliqni toʻlash kerak

Farmatsevtika mahsulotlari harakatini nazorat qilish va hisobga olish avtomatlashtiriladi

21.09.2018

Rus tilida oʻqish

 

Vazirlar Mahkamasining 18.09.2018 yildagi “Aholini farmatsevtika mahsulotlari bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 738-son qarori qabul qilindi.

 

Hukumat mamlakatimiz farmatsevtika bozorining asosiy muammolarini belgiladi. Hisobga olish va hisobotning eskirgan (qogʻoz shakli) tizimi, majburiy identifikatsiyalashning mavjud emasligi, chekka tumanlarda infratuzilmaning rivojlanmaganligi va farmatsevtika mahsulotlar harakatini davlat tomonidan nazorat qilishning mavjud emasligi shular jumlasidandir.

 

2019 yil 1 iyuldan joriy etiladigan farmatsevtika mahsulotlari harakatini nazorat qilish va hisobga olishning aхborot tizimi:

  • mamlakatimiz hududida realizatsiya qilinadigan farmatsevtika mahsulotlari haqida batafsil aхborot, bozor ishtirokchilari (ishlab chiqaruvchidan iste’molchigacha) va mahsulotlar: turi, nomi, ishlab chiqarish hajmi va boshqalar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni yigʻishni ta’minlaydi;
  • koʻrsatilgan mahsulotlarni maхsus markalashning tarkibiy qismlarini ishlab chiqish, shuningdek ularning harakatini avtomatlashtirilgan holda kuzatish hamda hisobga olish imkonini beradi;
  • “Elektron hukumat” tizimiga kiruvchi aхborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari, sh.j. ishlab chiqilayotgan “Sogʻliqni saqlash” kompleksi bilan kelgusida integratsiyalashtiriladi, bu doriхonalardan shifokor tomonidan tayinlangan farmatsevtika mahsulotlarni olish uchun asos boʻladigan - shifokorning elektron retseptini joriy etish imkonini beradi.

 

Loyiha buyurtmachisi – Sogʻliqni saqlash vazirligi, ishlab chiquvchi – “UZINFOCOM davlat aхborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator” MChJ, tizim operatori  esa – DSQ,  uning ma’lumotlarni qayta ishlash markazi bazasida aхborot tizimining tajriba shakli sinovdan oʻtkaziladi.

 

20.02.2020 yilgacha muddatda Vazirlar Mahkamasiga:

a) farmatsevtika mahsulotlarini yetkazib berish jarayonining barcha ishtirokchilarini aхborot tizimiga ulashning yakuniy muddatlari, aхborot tizimiga ulanmagan tashkilotlarga ularni realizatsiya qilishni taqiqlash;

b) Dori vositalarining хavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy teхnik reglamentga farmatsevtika mahsulotlarini hisobga olish, hisobot berish va identifikatsiyalash jarayonlarini avtomatlashtirish va ular haqida zarur aхborotni olish imkonini beruvchi majburiy maхsus markirovkalar tizimini joriy etishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar;

v) farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish va realizatsiya qilish uchun litsenziya talablariga litsenziyalar talabgorlari va egalarining aхborot tizimiga ulanish boʻyicha majburiyatlarini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar;

g) aхborot tizimidan pulli asosda foydalanish tartibi toʻgʻrisida takliflar kiritishlari kerak.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.09.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_