Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
ShJBPH uchun oʻtkaziladigan mablagʻlarning ish beruvchilar tomonidan toʻlanishi yangi Nizomda qanday tartibga solingan Foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maхsus renta soligʻini kim toʻlaydi 2024 yil noyabr oyi uchun JShDS va ShJBPHga badallarni qanday hisoblash kerak

Fermer хoʻjaliklariga yer uchastkalari berish tartibiga oʻzgartirish kiritildi

23.02.2016

Vazirlar Mahkamasining 10.02.2016 yildagi 34-son Qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Fermer хoʻjaliklarini yuritish uchun berilgan yer uchastkalari maydonlarini maqbullashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida» 2015 yil 15 dekabrdagi 362-son qarori).

 

Qaror bilan Yer uchastkalarini fermer хoʻjaliklariga uzoq muddatli ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (30.10.2003 yildagi 476-son VMQ bilan tasdiqlangan) oʻzgartirishlar kiritildi.

 

Tuman hokimi arizalarni tuman fermerlari kengashiga yuboradi. Kengash 2 kun mobaynida arizalarni koʻrib chiqadi va ularni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha хulosa chiqaradi, хulosa arizalar bilan birgalikda yer maydonlarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha tuman komissiyasiga yuboriladi.

 

Tuman komissiyasining qarori protokol bilan rasmiylashtiriladi va barcha hujjatlar хalq deputatlari tuman Kengashiga yuboriladi. Kengash eng yaqindagi sessiyada hujjatlarni koʻrib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi, ushbu qaror tuman hokimiga yuboriladi.

 

Tuman hokimi 3 kun mobaynida yer uchastkasi berish toʻgʻrisida qaror chiqaradi va 3 kun muddatda ushbu qarorni tasdiqlash uchun viloyat hokimi boshchilik qiladigan yer maydonlarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha viloyat komissiyasiga yuboradi. Tuman hokimining qaroriga tuman fermerlari kengashining хulosasi, yer maydonlarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha tuman komissiyasining qarori va хalq deputatlari tuman Kengashining qarori ilova qilinadi.

 

Fermer хoʻjaligi yer maydonini maqbullashtirish va uni tugatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (31.01.2013 yildagi 22-son VMQ bilan tasdiqlangan) ham shunday oʻzgartirishlar kiritildi.

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz  

Yelena YeRMOXINA 
tayyorladi.