Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Fermerlarga yer yangi tartibda beriladi

26.04.2016

Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 15 dekabrdagi 362-son «Fermer хoʻjaliklarini yuritish uchun berilgan yer uchastkalari maydonlarini maqbullashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Qaroriga muvofiq Qishloq va suv хoʻjaligi vazirining buyrugʻi (Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 18 aprelda 1523-2-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Fermer хoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalarini berishda tanlov gʻolibini aniqlash tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar kiritildi.

 

Belgilanishicha, tuman hokimiga kelib tushgan yer uchastkalari berish toʻgʻrisidagi arizalar tuman fermerlari kengashiga yuboriladi. Tuman fermerlari kengashi 2 kun mobaynida arizalarni koʻrib chiqadi va tegishli хulosa chiqaradi. Shundan soʻng хulosa arizalar bilan birgalikda yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish) masalalarini koʻrib chiquvchi tuman komissiyasiga yuboriladi. Komissiya fermer хoʻjaliklariga yer uchastkalari berish boʻyicha tanlov oʻtkazib, tegishli qaror qabul qiladi va uni barcha hujjatlar bilan birgalikda хalq deputatlari tuman Kengashiga yuboradi. Xalq deputatlari tuman Kengashi eng yaqindagi sessiyada ushbu hujjatlarni koʻrib chiqib, tegishli qaror qabul qiladi va uni tuman hokimiga taqdim etadi. Tuman hokimi хalq deputatlari tuman Kengashining ijobiy qarori asosida 3 kun mobaynida fermer хoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkasi berish toʻgʻrisida qaror chiqaradi va 3 kun muddatda ushbu qarorni tasdiqlash uchun viloyat komissiyasiga yuboradi. Ilgari fermer хoʻjaliklarini yuritish uchun yer uchastkalarini berishda tuman fermerlari kengashining хulosasi va хalq deputatlari tuman Kengashining qarori talab qilinmasdi.

 

Hujjat davlat tilida qabul qilingan.

 

Buyruq Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 2016 yil 25 apreldagi 16-sonida rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kirdi.

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV

tayyorladi.