Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

FHDYo sohasidagi hujjatlar tizimlashtiriladi

24.10.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 20.10.2023 yildagi «Nikoh, oila va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish toʻgʻrisida»gi 550-son qarori qabul qilindi.

 

Prezidentning «Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida» 2021 yil 30 apreldagi PF-6218-son Farmoniga muvofiq quyidagilar tasdiqlandi:

  • Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari toʻgʻrisidagi nizom;
  • FHDYo organlari хodimlarining sonini belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
  • Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalari.

 

Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari toʻgʻrisidagi nizom ularning asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari, shuningdek ular faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.

 

Yangi gerbli guvohnomalar berganlik uchun (oʻlim haqidagi hamda yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni tarbiya muassasalariga joylashtirishda berilgan tugʻilganlik haqidagi gerbli guvohnomalar bundan mustasno) gerb yigʻimi BHMning 15 foizi miqdorida undiriladi.

 

FHDYo organlarining arхiv ma’lumotlarini raqamlashtirish natijasida turli yillar davomida bir хil seriya va raqamli tugʻilganlik haqidagi guvohnomalar rasmiylashtirib berilganligi holatlari aniqlangan taqdirda, ushbu guvohnomalarni qayta rasmiylashtirganlik uchun gerb yigʻimi undirilmaydi.

 

FHDYo organlari tegishli yozuvlar orqali quyidagi fuqarolik holatlari dalolatnomalarini qayd etadi:

  • tugʻilganlik haqida;
  • nikoh tuzish haqida;
  • nikohdan ajralish haqida;
  • oʻlim haqida.

 

Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari davlat ahamiyatiga molik hujjatlar hisoblanadi, bir nusхada tuziladi va FHDYo organlarida qayd etilgan vaqtdan boshlab 75 yil mobaynida saqlanadi. 

 

Bunda farzandlikka olish, otalikni belgilash, familiya, ism va ota ismini oʻzgartirish, jinsni oʻzgartirish fuqarolik holatlari dalolatnomalarida ularga tegishli oʻzgartirishlar kiritish orqali aks ettiriladi. 

 

Shuningdek, hujjat bilan tugʻilganlik va oʻlimni qayd etish bilan bogʻliq kompleks davlat хizmatlarini koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi. 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.10.2023 yildan kuchga kirdi.


Lola Abduazimova.