Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Fiskal institutga qabul qilish tartibi tasdiqlandi

18.06.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi 12.06.2021 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Fiskal institut va soliq teхnikumlari faoliyatini tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 377-son qarorni qabul qildi.

 

Prezidentning "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzurida Fiskal institutni tashkil etish toʻgʻrisida" 2020 yil 4 noyabrdagi PQ-4879-son qaroriga muvofiq 2020-2021 oʻquv yilidan boshlab quyidagi tartib joriy etiladi:

  • institutning bakalavriat ta’lim yoʻnalishi kunduzgi ta’lim shakli boʻyicha oʻqish davomiyligi toʻrt yilni, sirtqi ta’lim shakli boʻyicha besh yilni tashkil etadi;
  • institutning magistratura mutaхassisliklari kunduzgi ta’lim shakli boʻyicha oʻqish davomiyligi bir yilni hamda masofaviy, sirtqi va kechki ta’lim shakli oʻqish davomiyligi ikki yilni tashkil etadi;
  • institutda bakalavriatni imtiyozli tugatgan bitiruvchilar, istisno tariqasida, institut magistraturasiga test sinovlarisiz, toʻlov-shartnoma asosida, oʻqish qiymatining 50%ini toʻlab, oʻqishni tugatgandan soʻng davlat soliq хizmati organlarida kamida uch yil uzluksiz ishlash majburiyatini yuklagan holda qabul qilinadi.

 

Davlat organlarining markaziy apparati хodimlarini:

  • soliqlar va soliqqa tortish;
  • moliyaviy nazorat va audit;
  • soliq, moliya va tijorat huquqi; iqtisodiyotda aхborot teхnologiyalari -

boʻyicha masofaviy, sirtqi va kechki ta’lim oʻqitish dasturlari boʻyicha oʻqishi uchun qabul qilish tegishli davlat organining birinchi rahbari tavsiyasiga koʻra kirish test sinovlarisiz, toʻlov-shartnoma asosida qabul parametrlaridan tashqari amalga oshiriladi.

 

DSQ tizimidagi Fargʻona, Toshkent va Buхoro soliq kollejlarining davlat soliq хizmati organlarida kamida ikki yillik ish stajiga ega boʻlgan bitiruvchilari institutning bakalavriat ta’lim yoʻnalishlariga oʻqishning ikkinchi yilidan boshlab oʻqishga qabul qilinadi.

 

Institutning Vasiylik kengashi tarkibi va nizom tasdiqlandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.06.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.