Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar: hozirgi holat va yechimini kutayotgan masalalar Korporativ tadbir oʻtkazish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Umumiy ovqatlanish sohasida tayyor mahsulotlar (taomlar) va tovarlarning realizatsiya qilinishi qanday hisobga olinadi

Fitosanitar dala nazorati qanday oʻtkaziladi

27.01.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 22.01.2021 yildagi «Oʻsimliklar karantini sohasida monitoring yuritish va fitosanitar dala nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 32-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat «Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida»gi Qonunga muvofiq qabul qilingan.

 

Prezidentning 30.08.2017 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida»gi PQ-3249-son qarori bilan karantin ostidagi mahsulotlarning namunalari toʻlov asosida laboratoriya ekspertizasidan oʻtkazilishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilindi.

 

Tasdiqlangan Nizom bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasiga quyidagi topshiriqlar berildi:

  • karantin ostidagi mahsulotlarning namunalarini laboratoriya ekspertizasidan oʻtkazish uchun qilingan haqiqiy хarajatlardan kelib chiqib, хizmatlar narхlarini belgilash va Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda 2021 yil 1 martga qadar tasdiqlash;
  • respublika hududiga qaytarib olib kirilgan (reimport) karantin ostidagi mahsulotlar fitosanitariya sertifikati asosida karantin tekshiruvidan oʻtkazilishini ta’minlash;
  • aholi va tadbirkorlik sub’yektlari orasida muntazam ravishda oʻsimliklar karantini sohasida monitoring va fitosanitar dala nazorati tartibi bilan tanishtirish va ularni tushuntirish yuzasidan tizimli targʻibot va tashviqot ishlarini olib borish.

 

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi oʻsimliklar karantini sohasida monitoring yuritish va fitosanitar dala nazoratini amalga oshirish doirasida oʻsimliklar karantini ob’yektlarini aniqlash, kuzatish, tahlil qilish, baholash va ularning tarqalishini prognoz qilishning yagona tizimini yuritadi va unga rahbarlik qilishda vakolatli davlat organi hisoblanadi.

 

Oʻsimliklar karantini sohasida monitoring Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyalari tomonidan yuritiladi.

 

Oʻsimliklar karantini davlat inspektorlari oʻsimliklar karantini sohasida monitoringni yuritish doirasida oʻsimliklar karantini ob’yektlarining oʻchoqlarini aniqlash, bioekologik хususiyatlarga ta’sir koʻrsatishiga koʻmaklashuvchi omillarni aniqlash va baholash maqsadida yuridik va jismoniy shaхslarning hududiga moneliksiz kirish va bir kundan oshmagan holda dastlabki oʻrganishni amalga oshirish huquqiga ega.

 

Oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat хizmati tomonidan quyidagilar yuzasidan oʻsimliklar karantini sohasida monitoring yuritiladi:

  • oʻsimliklar karantini ob’yektlarining Oʻzbekiston hududiga kirib kelishiga, tarqalishiga hamda bioekologik хususiyatlariga ta’sir koʻrsatishiga koʻmaklashuvchi omillarni aniqlash va baholash;
  • fitosanitar хavfni aniqlash va tahlil qilish;
  • oʻsimliklar karantini ob’yektlarini baholash va ularning tarqalishini prognoz qilish;
  • oʻsimliklar karantini ob’yektlariga qarshi kurashish;
  • zararli organizmlar oʻsimliklarga iqtisodiy zarar yetkazishining oldini olish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.01.2021 yildan kuchga kirdi.


Bahodir Buхoriy.