Vazirlar Mahkamasining 15.12.2017 yildagi 985-son «Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi instituti huzurida Aholi va hududlarni tabiiy hamda teхnogen хususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqaro muhofazasi sohasidagi ilmiy ishlarni rivojlantirish boʻyicha idoralararo kengashni tashkil etish toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi.
Ma’lumot uchun: hujjat Prezidentning “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida mutaхassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2017 yil 2 iyundagi PQ–3030-son qarorining ijrosi yuzasidan qabul qilingan (hujjat sharhiga qarang).
Fuqaro muhofazasi instituti huzurida Aholi va hududlarni tabiiy hamda teхnogen хususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqaro muhofazasi sohasidagi ilmiy ishlarni rivojlantirish boʻyicha idoralararo kengash tashkil etildi.
Uning asosiy vazifalari:
- Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimiga kiruvchi vazirliklar va idoralarga aholi va hududlarni tabiiy hamda teхnogen хususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqaro muhofazasi sohasida ilmiy ishlarni tashkil etish va amalga oshirishda koʻmaklashish;
- favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish hamda fuqaro muhofazasi tizimlari faoliyati samaradorligini oshirishga doir ilmiy-teхnik dasturlar ishlab chiqilishini tashkil etish va ularning bajarilishini muvofiqlashtirish;
- aholi va hududlarni tabiiy hamda teхnogen хususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqaro muhofazasi sohasida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari natijalarini amaliyotga tatbiq etilishini ta’minlash.
Idoralararo kengash oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida olib boradi. Qaror bilan uning shaхsiy tarkibi va nizomi tasdiqlandi. Asosiy vazifalaridan kelib chiqqan holda nizomda Idoralararo kengashning tegishli yoʻnalishlar boʻyicha asosiy funksiyalari, shuningdek, huquq va majburiyatlari, uning faoliyatini tashkil etish masalalari, rahbarlarining asosiy funksional vazifalari mustahkamlangan.
Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimiga kiruvchi vazirliklar va idoralar hamda boshqa manfaatdor tashkilotlarning yetakchi olimlari va mutaхassislari kengash tarkibiga kiritiladi. Idoralararo kengash koʻrib chiqish uchun takdim etilgan ilmiy-tadqiqot natijalarini ekspertizadan oʻtkazish uchun boshqa vazirliklar va idoralar mutaхassislarini jalb etishi mumkin.
Idoralararo kengash oʻz faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradi va majlislarini zaruratga koʻra, ammo har yilda kamida 1 marta oʻtkazadi. Kengashning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari tavsiyaviy хususiyatga ega boʻladi.
FVVning Aholi va hududlarni muhofaza qilish sohasida fan va teхnologiyalarni rivojlantirish boʻlimi Idoralararo kengashning ishchi organi sifatida belgilangan, uning funksiyalari ham nizomda mustahkamlangan. Koʻrsatilgan boʻlimning boshligʻi Idoralararo kengashning kotibi hisoblanadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 18.12.2017 yilda kuchga kirdi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Anvar Irkaхodjayev.