Kvota Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 4 iyuldagi 557-son qarori bilan tasdiqlangan.
Eslatib oʻtamiz, 2017/2018 oʻquv yilidan boshlab Fuqaro muhofazasi institutida 5A640103 — «Favqulodda vaziyatlarda aholi хavfsizligi» mutaхassisligi boʻyicha magistratura boʻlimi faoliyat yuritmoqda. Qabul kvotasi tegishli mutaхassislikka boʻlgan ehtiyojni inobatga olgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hukumat qaroriga muvofiq, 2019/2020 oʻquv yili uchun kvota 15 ta oʻrin miqdorida belgilandi, shundan:
- 3 ta oʻrin - davlat granti;
- 12 ta oʻrin - toʻlov-kontrakt asosida.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 4.07.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov.