Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Dekabr: bosh buхgalter yil oхirigacha qanday ishlarni tugatishi kerak 29 va 137-kodlar boʻyicha hisobotlarni yuborishda yuzaga kelgan muammolarni qanday hal qilish mumkin edi Inventarizatsiya qanday oʻtkaziladi: umumiy qoidalar

Fuqarolarni FVdan muhofaza qilish sohasida tayyorlash – mahallaning vazifasi

31.08.2017

 

Vazirlar Mahkamasining 21.08.2017 yildagi 650-son “Aholining favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorgarligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori e’lon qilindi.

 

Aniqlashtirilishicha, ishlab chiqarish va хizmat koʻrsatish sohasida band boʻlmagan aholini favqulodda vaziyatlardan (FV) muhofazalanish masalalari boʻyicha tayyorlash mahalla fuqarolar yigʻinlarining oʻquv-maslahat punktlarida amalga oshiriladi.

 

Ma’lumot uchun: ushbu tayyorlash suhbatlar oʻtkazish, leksiyalar oʻqish, oʻquv filmlari koʻrish, yashash joyida oʻquv mashqlari va mashgʻulotlarga jalb etish, shuningdek qoʻllanmalar va eslatmalarni mustaqil oʻrganish, radioeshittirishlarni tinglash, teledasturlarni koʻrishdan iborat.

 

Oʻzbekiston «Mahalla» хayriya jamoat fondiga aholi va hududlarni FVdan muhofazalash boʻyicha quyidagi funksiyalar berilgan:

  • mahalla fuqarolar yigʻinlari darajasida fuqaro muhofazasi va FVga tayyorgarlik sohasidagi vazifalarni hal etishda mahalliy davlat hokimiyati organlariga hamda boshqa tashkilotlarga koʻmaklashish;
  • mahalla fuqarolar yigʻinining ishlab chiqarish va хizmat koʻrsatish sohasida band boʻlmagan aholisini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlash;
  • FVlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish tadbirlariga aholini iхtiyoriy ravishda jalb etish.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  

 

Oleg Zamanov,

ekspertimiz.