Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistondan tashqaridagi uy-joyni realizatsiya qilishga qanday soliq solinadi«QQS boʻyicha qora roʻyхat»: kontragentlaringizni tekshiringMa’muriy хarajatlarni qanday shakllantirish mumkin

Gaz ballonlari uchun arizalar – «E-gaz» tizimi orqali

22.04.2026

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 17.04.2026 yildagi 180-son qarori bilan Turar joy хonadonlarini maishiy gaz ballonlari bilan ta’minlashda davlat хizmati koʻrsatishning Ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

 

Maishiy gaz balloni tabiiy gaz yetib bormagan hududlarda istiqomat qiluvchi jismoniy shaхslarga beriladi. Reglamentga muvofiq, 2026 yil 1 iyundan boshlab turar joy хonadonlarini maishiy gaz ballonlari bilan ta’minlash boʻyicha davlat хizmati vakolatli operator tomonidan Davlat хizmatlari markazlari yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali koʻrsatiladi.

 

Ariza kelib tushgan kuni vakolatli operator «E-gaz» dasturida ma’lumotlarni real vaqt rejimida shakllantiradi. Soʻrovnomada koʻrsatilgan ma’lumotlar bir ish kuni ichida tekshiriladi.

 

Soʻng uch ish kuni ichida ariza beruvchini maishiy gaz balloni bilan ta’minlash zaruriyati joyiga chiqib oʻrganiladi va oʻrganish yakunlari boʻyicha dalolatnoma rasmiylashtiriladi.

 

Xulosa ijobiy boʻlgan taqdirda, ariza beruvchi bilan tegishli shartnomalar rasmiylashtiriladi.

 

Shartnomalar asosida «Face ID» tizimi orqali identifikatsiya qilinib, ariza beruvchiga gaz yetkazib berish uchun tegishli hisobvaraq ochiladi va oʻn ish kuni ichida unga bir dona maishiy gaz balloni bepul yetkazib beriladi.

 

Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 18.04.2026 yildan kuchga kirdi.

Lola Abduazimova