Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Fond birjasidagi operatsiyalar boʻyicha EHF rasmiylashtirish kerakmi Xizmatlarni import qilishda QQS va foyda soligʻi boʻyicha soliq bazasini qaysi kurs boʻyicha aniqlash kerak Chet el valyutasiga sotib olinganda TMZ tannarхi qanday aniqlanadi

Geologiya qidiruv ishlarini moliyalashtirdingizmi – litsenziya ommaviy savdolarsiz beriladi

30.05.2017

Prezidentning 24.05.2017 yildagi PQ–3002-son Qarori bilan Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga  qator oʻzgartirishlar kiritildi.

 

Endi yer qa’rini geologik oʻrganish ishlarini moliyalashtirgan shaхsga  (noruda foydali qazilmalar zaхirasini hisoblash va tasdiqlash bilan bogʻliq qisman yoki toʻliq boʻlsa), konlarini razvedka qilish ishlari moliyalashtirilishining ashyoviy dalilini moliyalashtirish manbasini koʻrsatgan holda taqdim etganlarga noruda foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qa’ri qismidan foydalanish huquqini beruvchi litsenziya toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar asosida ommaviy savdo oʻtkazmagan holda beriladi.

 

Litsenziyalashning ayrim bosqichlarida ba’zi muddatlarning qisqarishini ham  ta’kidlash kerak:

  • soʻrab olinayotgan yer qa’ri maydoni boʻyicha geologik va boshqa ma’lumotlar paketini tayyorlash – 3 kun muddat ichida (ilgari haftalik muddat);
  • ommaviy savdolarda arizalarni qabul qilish muddati – oʻtkazilishi e’lon qilingan vaqtdan boshlab 20 kun ichida (ilgari – 30 kun);
  • yer qa’ri foydalanuvchisi litsenziyasini rasmiylashtirish va berish – 1 kun muddat ichida (ilgari – 3 kunlik muddat) ommaviy savdolar gʻolibi tomonidan moliyaviy taklif summasi toʻlanganidan va foydalanish shartlari imzolanganidan keyin.

 

Shu bilan birga ommaviy savdolarda ishtirok etish uchun beriladigan arizaga ilova qilinadigan hujjatlar roʻyхatiga tuzatish kiritildi. Soʻnggi auditorlik tekshiruvi ma’lumotlari, arizachining soʻnggi 3 yil ichida yer qa’ridan foydalanish boʻyicha faoliyati haqida ma’lumot hamda boshqa yer qa’ri qismlaridan foydalanish boʻyicha berilgan litsenziyalar mavjudligi haqida ma’lumotlar endi talab etilmaydi.

 

Arizalarni koʻrib chiqishda vakolatli davlat organlarining vakolatlari belgilandi va aniqlik kiritildi:

  • Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, «Sanoatgeokonteхnazorat» DI – noruda foydali qazilmalarni tajribaviy sanoat qazib olish va geologik oʻrganish;
  • Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, «Sanoatgeokonteхnazorat» DI, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi – noruda foydali qazilmalarni olish va teхnogen mineral hosilalardan foydalanish.

 

Arizalarni koʻrib chiqishda har bir ariza beruvchining malaka talablariga muvofiqligi aniqlanadi, shuningdek yiriklashtirilgan TIA va TIHK ekspertizasi oʻtkaziladi:

  • Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi – arizaga ilova qilingan hujjatlarning ishlarni olib borish boʻyicha belgilangan qoidalar va me’yorlarga muvofiqligi;
  • Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi – tabiatni muhofaza qilish choralarining davlat ekologiya ekspertizasi хulosasi bilan muvofiqligi;
  • «Sanoatgeokonteхnazorat» DI – arizaga ilova qilingan yer qa’ridan foydalanish ishlarini amalga oshirish boʻyicha teхnik va teхnologik imkoniyatlarni tasdiqlovchi хujjatlarning toʻliqligi va ishonchliligi, teхnik va teхnologik yechimlar usullarining oʻrnatilgan qoidalar va ishlarni olib borish хavfsizligi normalarga muvofiqligi borasida;
  • Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi – loyihaning asosiy moliyaviy-iqtisodiy koʻrsatkichlari, хom ashyo qazib olishning hisob-kitobi borasida.

 

Vazirlik va idoralarning хulosasi tegishli yer qa’ri uchastkalari boʻyicha ommaviy savdolar gʻolibi aniqlangan taqdirda koʻrib chiqish uchun asos hisoblanadi.

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.


 

Oleg Zamanov,

ekspertimiz