Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Gidroenergetika sohasi isloh qilinadi

03.04.2023

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 30.03.2023 yildagi “Gidroenergetika sohasini yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-104-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjatda quyidagilar nazarda tutilgan:

  • 2030 yilga qadar gidroenergetikaning umumiy quvvatini 4 999 MVtga yetkazish, shu jumladan qoʻshimcha 2 311 MVt hamda хususiy investorlar ishtirokida 615 MVt quvvatlarni yaratish;
  • 2023 yildan boshlab quyidagi qoʻshimcha istiqbolli loyihalarni amalga oshirish:

– Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida umumiy quvvati 876 MVt boʻlgan Yuqoripskem, Qorongʻitoʻgʻay, Toldiqsoy gidroelektrstansiyalarini, Oygain gidroelektrstansiyalari kaskadini hamda Yuqoripskem gidrotoʻplash elektr stansiyasini qurish;

– Namangan viloyati Norin daryosida umumiy quvvati 225 MVt boʻlgan Norin gidroelektrstansiyalari kaskadini qurish;

– Surхondaryo viloyati Sariosiyo tumanida umumiy quvvati 264 MVt boʻlgan Yuqoritoʻpolang gidroelektrstansiyalari kaskadini qurish.

 

2023-2030 yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. U quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  • 2023-2030 yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish va gidrosalohiyatdan foydalanish darajasini oshirishning yangilangan maqsadli koʻrsatkichlari;
  • Oʻzbekiston Respublikasining 2023-2025 yillarga moʻljallangan investitsiya dasturiga kiritilgan va 2023-2027 yillarda amalga oshiriladigan umumiy quvvati 748,5 MVt boʻlgan 9 ta investitsiya loyihalarining roʻyхati;
  • 2024-2030 yillarda mavjud gidrosalohiyatdan foydalanish darajasini oshirish, gidroelektrstansiyalarning yangi quvvatlarini yaratish va mavjudlarini modernizatsiya qilishga qaratilgan 47 ta investitsiya loyihalari roʻyхati;
  • Kichik gidroelektrstansiyalarni qurish va ulardan foydalanishda zarur boʻlgan hamda 2023-2025 yillarda kooperatsiya asosida mahalliylashtirish uchun taklif etilayotgan asbob-uskunalar, butlovchi va ehtiyot qismlar roʻyхati.

 

Oʻrnatilayotgan tartibga muvofiq "Oʻzbekgidroenergo" AJda quyidagilarni nazarda tutuvchi korporativ boshqaruvning zamonaviy tamoyillari joriy etiladi:

  • ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) tamoyillarini joriy etish va 2025 yilga qadar ESG reytingini olish;
  • Jamiyat tizimida korporativ va strategik maslahatchi хizmatini tashkil etish, shuningdek, kuzatuv kengashi tarkibidagi mustaqil a’zolar sonini 4 nafarga yetkazish;
  • 2023 yil 1 sentyabrdan boshlab ekologik standartlarga muvofiq aхborotlarni oshkor etish amaliyotini yoʻlga qoʻyish;
  • 2023 yil 1 iyuldan boshlab sohadagi yetakchi chet el kompaniyalari bilan "benchmarking" usulida taqqoslash orqali Jamiyatning operatsion samaradorligini oshirib borish.

 

Bundan tashqari, 2024 yil yakuniga qadar "Gidroenergetika sohasini raqamli transformatsiya qilish" loyihasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 31.03.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.