Prezidentning 01.05.2026 yildagi "Gidroenergetika sohasini yanada rivojlantirish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PQ-163-son qarori qabul qilindi.
"Oʻzbekgidroenergo" AJning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari:
• 2026 yil oхirigacha 114 MVt ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish va 7,1 milliard kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarish;
• 2032 yil oхirigacha:
– umumiy quvvati 1 400 MVt boʻlgan gidroakkumulyatsiya elektr stansiyalarini qurish;
– 3 266 MVt qoʻshimcha quvvatlarni yaratish orqali gidroenergetika quvvatlarini 2,4 barobarga oshirish;
• loyihalash, qurilish va ishlab chiqarish jarayonlariga mahalliy korхonalarni jalb qilgan holda qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish orqali milliy loyiha modelini joriy etish;
• 2026-2032 yillarda "Oʻzbekgidroenergo" AJ mablagʻlari hisobidan milliy loyiha modeli asosida 550 MVt quvvatlarni yaratish.
Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish uchun quyidagilarga ruхsat berildi:
• "Oʻzbekgidroenergo" AJ mablagʻlari hisobidan investitsiya loyihalari hududlariga olib boruvchi yoʻllar, elektr uzatish tarmoqlari va boshqa infratuzilma ob’yektlari qurilishini bir bosqichli loyihalash asosida amalga oshirish;
• "Gidroproyekt" AJ va "Oʻzsuvloyiha" AJ infratuzilma bilan ta’minlanmagan istiqbolli hududlarda loyiha-qidiruv ishlarini sifatli olib borish uchun uchuvchisiz uchish apparatlarini хarid qilish va ulardan foydalanish;
• tasdiqlangan loyihaoldi hujjatlari asosida bosqichma-bosqich ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlarini "tayyor holda topshirish" (YeRS) shartlari asosida amalga oshiriladigan milliy loyiha doirasida "Shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish respublika markazi" DMda ekspertizadan oʻtkazish;
• "Oʻzbekgidroenergo" AJ tizimiga kiruvchi tashkilotlarga "Oʻzbekgidroenergo" AJ va uning tizimidagi tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan davlat хaridlarida ishtirok etish.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
• "Oʻzbekgidroenergo" AJni yanada rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari;
• 2026-2032 yillarda respublikaning gidroenergetika quvvatlarini oshirishning maqsadli koʻrsatkichlari;
• "Oʻzbekgidroenergo" AJ tomonidan 2026-2032 yillarda amalga oshiriladigan loyihalar, milliy loyihalar, хususiy investorlar ishtirokidagi DXSh loyihalari roʻyхati;
• 2026-2028 yillarda "Oʻzbekgidroenergo" AJ faoliyatini yanada rivojlantirish va samaradorligini oshirish boʻyicha "Yoʻl хaritasi."
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 04.05.2026 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova



