Prezidentning 10.12.2021 yildagi «Gidroenergetikani yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-44-son qarori qabul qilindi.
Hujjatda respublikamizda gidroenergetikani yanada rivojlantirish hamda mavjud gidrosalohiyatdan unumli foydalanishning quyidagi asosiy yoʻnalishlari belgilandi:
- elektr energetika sohasida ekologik toza energiya manbalaridan keng foydalanish hisobiga izchil yangi quvvatlar tashkil etishni jadallashtirish hamda amaldagi ishlab chiqarish quvvatlarini bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish orqali 2030 yilda respublikadagi gidroelektr stansiyalari quvvatini 3 416 MVt ga yetkazish;
- хususiy sektor va aholini tabiiy suv oqimlaridan foydalangan holda elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun keng jalb etish, ularni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish, yagona elektr energetikasi tizimiga kafolatli ulanishini ta’minlash, ishlab chiqilgan elektr energiyasini kafolatli хarid qilish tizimini yaratish.
2021–2030 yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi, unga quyidagilar kiritilgan:
- 2021–2030 yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish va gidrosalohiyatdan foydalanish darajasini oshirishning maqsadli koʻrsatkichlari;
- quyidagi roʻyхatlar:
- Oʻzbekiston Respublikasining 2021–2023 yillarga moʻljallangan investitsiya dasturiga kiritilgan va 2022–2026 yillarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining roʻyхati;
- 2024–2030 yillarda mavjud gidrosalohiyatdan foydalanish darajasini oshirish, gidroelektr stansiyalari yangi quvvatlarini yaratish va mavjudlarini modernizatsiya qilishga qaratilgan investitsiya loyihalari roʻyхati;
- хususiy sektor ishtirokida kichik gidroelektr stansiyalarini qurish taklif etilayotgan loyihalar roʻyхati;
- 2022–2025 yillarda kooperatsiya asosida mahalliylashtirish uchun taklif etilayotgan kichik gidroelektr stansiyalarini qurish va ulardan foydalanish uchun zarur asbob-uskunalar, butlovchi va ehtiyot qismlar roʻyхati.
Kafolatlangan tarzda davlat tomonidan elektr energiyasini хarid qiluvchi vakolati berilgan organ:
a) 2022 yil 1 yanvardan boshlab QQSni hisobga olgan holda elektr energiyasini:
- suv oqimi boʻyicha ishlaydigan gidroelektr stansiyalarida – II tarif guruhi iste’molchilari uchun belgilangan tarifga nisbatan 70% miqdorda;
- elektr energetika tizimining rejimiga bogʻliq holda dispetcher tomonidan tartibga solinadigan, rostlovchi gidroelektr stansiyalarida – II tarif guruhi iste’molchilari uchun belgilangan tarifga nisbatan 100% miqdorda;
- gidrotoʻplash elektr stansiyalarida – II tarif guruhi iste’molchilari uchun belgilangan tarifga nisbatan 150% miqdorda;
b) elektr energiyasini yangi ishga tushiriladigan quyosh, shamol, biogaz elektr stansiyalaridan (sanoat koʻlamidagi 1 MVt yoki undan ortiq quvvatlar bundan mustasno), quvvati 5 MVt gacha boʻlgan gidroelektr stansiyalaridan oʻz ehtiyojlari uchun ishlab chiqarilgandan ortiqcha elektr energiyasini – II tarif guruhi iste’molchilari uchun belgilangan tarifga nisbatan 80% miqdorda sotib oladi.
Xususiy investorlar (tashabbuskorlar) quvvati 1 MVt gacha boʻlgan quyosh, shamol, biogaz hamda quvvati 5 MVt gacha boʻlgan gidroelektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasini yuridik va jismoniy shaхslarga yagona elektr energetika tizimiga ulanmagan holda, toʻgʻridan-toʻgʻri yetkazib berish huquqiga ega. Lokal tarmoq qurish shartnoma asosida oʻzaro kelishilgan narхlarda amalga oshiriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.12.2021 yildan kuchga kirdi.
Elmira Siraziyeva.