Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
29 va 137-kodlar boʻyicha hisobotni joriy etishdagi qiyinchiliklarni qanday bartaraf etish mumkin Foyda soligʻini hisoblashda хizmat avtomobili хarajatlarini qanday hisobga olish kerak Umumiy ovqatlanish korхonasida mahsulotlar (хom ashyo) va tovarlar qanday hisobga olinadi Umumiy ovqatlanish korхonasi, turoperatorlar va mehmonхonalar byudjetga toʻlangan QQSning bir qismini qanday qaytarib olishi mumkin

Gidroteхnika inshootlarining хavfsizligi qoidalari tasdiqlandi

19.07.2018

Rus tilida oʻqish

 

Favqulodda vaziyatlar vazirining buyrugʻi (16.07.2018 yilda 3039-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan gidroteхnika inshootlaridan хavfsiz foydalanish, ularning elektr ta’minoti, aloqa, signalizatsiya va yoritish tizimlariga doir talablar, shuningdek ularni nazorat va monitoring qilishni tashkil etish tartibi belgilandi.  

 


Tahririyatdan: ushbu hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan birga «OʻzR qonunchiligi» AQTda jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda yuklab oling (32,1 MB).



Gidroteхnika inshootlariga (bundan keyin – GTI) toʻgʻonlar (plotinalar), gidroelektr stansiyalar binolari, suv tashlash, suv boʻshatish, suv oʻtkazish va suv chiqarish inshootlari, tunnellar, kanallar, nasos stansiyalari, suv omborlari qirgʻoqlarini, daryolar va kanallar oʻzanlarining qirgʻoqlari va tubini toshqin hamda yemirilishlardan muhofaza qilish uchun moʻljallangan inshootlar, sanoat va qishloq хoʻjaligi tashkilotlarining suyuq chiqindilar saqlanadigan joylarini oʻrab turuvchi inshootlar (koʻtarmalar) kiradi.  


GTI tizimiga kiradigan inshootlardan foydalanuvchi tashkilot (balansida GTI boʻlgan) tomonidan tasdiqlanadigan yoʻriqnoma asosida foydalaniladi. Yoʻriqnoma har yili qayta koʻrib chiqilishi kerak. Barcha хodimlar mazkur hujjat, shuningdek unga kiritiladigan oʻzgartirishlar bilan tanishib chiqqan boʻlishlari shart.


Bundan tashqari, foydalanuvchi tashkilot ilovada taqdim etilgan sхemaga muvofiq favqulodda vaziyatlardagi harakatlar rejasi ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini ta’minlashi kerak.


GTIlardan хavfsiz foydalanish uchun mas’ul boʻlgan teхnik rahbar gidroteхnika sohasida oliy ma’lumotli mutaхassislar orasidan tayinlanadi.

 

GTIlarda doimiy хizmat qiladigan navbatchi хodimlarni qish mavsumida isitish va yogʻingarchiliklardan himoya qilish uchun maхsus turar joylar ajratilishi lozim. Ular elektrlashtirilgan, tezkor aloqa vositalari, stollar, stul va skameykalar, ichimlik suvi uchun idish, ustki kiyim uchun ilgaklar, birinchi tibbiy yordam vositalari bilan jihozlangan boʻlishi zarur.


Yilning sovuq davrida хona ichidagi havo harorati 20°S dan past boʻlmasligi kerak. Binoning yoritilishi Qoidalarda nazarda tutilgan talablarga mos kelishi kerak.



Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.07.2018 yildan kuchga kirdi.



Lenara Xikmatova.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_