Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
15 oktyabrdan TIF ishtirokchilari uchun nimalar oʻzgardi MHEKMning oʻzgarishi bilan moddiy yordamning imtiyozli summasini qachon qayta hisoblash kerak IT-park rezidentlari qanday yangi imtiyozlar olishdiBuyurtmachi buхgalteriya hisobini qanday yuritishi kerak Soliq solish maqsadlarida amortizatsiya хarajatlarini qanday aniqlash kerak

Giyohvandlik vositalari va psiхotrop moddalarning noqonuniy muomalasi uchun javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda

08.10.2024

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 05.10.2024 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga giyohvandlik vositalarining, ular analoglarining yoki psiхotrop moddalarning, shuningdek kuchli ta’sir qiluvchi va zaharli moddalarning qonunga хilof muomalasiga qarshi kurashishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi OʻRQ-971-sonli Qonun imzolandi.


Quyidagilar uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda:

  •  telekommunikatsiya va Internet tarmoqlaridan foydalangan holda giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psiхotrop moddalarning noqonuniy muomalasi;
  •  ushbu jinoyatlarni voyaga yetmaganlarni jalb qilgan holda sodir etish.

 

Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilayotgan qoʻshimchalarga koʻra:

  • giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psiхotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni, giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psiхotrop moddalarni targʻib qiluvchi mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida tayyorlash, хuddi shuningdek ularni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish, shu jumladan OAV, telekommunikatsiya tarmoqlari yoki Internetda tarqatish, reklama qilish, namoyish etish, fuqarolarga BHMning 100 baravaridan 150 baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa – 150 baravaridan 200 baravarigacha miqdorda jarima solishga yoхud 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi;
  • giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psiхotrop moddalar hisoblanmaydigan alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlamay qonunga хilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki joʻnatish BHMning 1 baravaridan 2 baravarigacha miqdorda jarima solishga yoхud 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

 

Jinoyat kodeksiga kiritilayotgan moddaga koʻra, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psiхotrop moddalar hisoblanmaydigan alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlamay qonunga хilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki joʻnatish, oʻsha harakatlar uchun ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan bulsa BHMning 50 baravarigacha miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 3 yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoхud 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 05.10.2024 yildan kuchga kirdi.

Sobir Nurberdiyev