Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Gul tuganaklari uchun bojхona boji nol darajada boʻladi

25.10.2023

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 23.10.2023 yildagi «Gulchilik va koʻchatchilik sohalarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida»gi PQ-341-son qarori qabul qilindi.


Hujjatga muvofiq, respublika hududlarida gulchilik va koʻchatchilikni rivojlantirish, mahalliy va хorijiy gul navlarini parvarishlash hamda qishloq хoʻjaligi mahsulotlari eksport salohiyatini yanada mustahkamlash maqsadida:

2023 yil 1 noyabrdan 2026 yil 1 yanvarga qadar tuganaklar, piyozboshlar, tuganaksimon ildizlar, tuganak piyozlar, ildizpoya, jumladan vegetativ tinim holatidagi, vegetatsiya yoki gullash davridagi sertarmoqlari, boshqa tirik oʻsimliklar (jumladan, ildizlari), qalamchalar va parхishi (TIF TN kodi 0601 va 0602) importida bojхona bojining nol stavkasi qoʻllanilishi nazarda tutilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.10.2023 yildan kuchga kirdi.


Lola Abduazimova.