Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Toʻlovchi guvohnomasini olishdan oldin bojхonada toʻlangan QQSni hisobga olish mumkinmi Xarid qilish dalolatnomasini elektron shaklda rasmiylashtirish shartmi Asosiy vositalarning amortizatsiyasi hisob-kitobi ma’lumotnomasini qanday toʻldirish kerak Hisob-fakturani taqdim etish «kechiksa», qanday birlamchi hujjat tuzish kerak 2025 yilda qoʻshimcha dam olish kunlari va yanvar oyidagi koʻchirishlar ta’tillar hisobiga qanday ta’sir koʻrsatadi

Goʻsht-sut mahsulotlari yetishtirishga – Xitoy investitsiyalari

25.07.2019

Rus tilida oʻqish

 

Jizzaх viloyatida «DELMOR»  Xitoy kompaniyasi ishtirokida goʻsht-sut yoʻnalishida agrosanoat klasteri tashkil etiladi (VMning 23.07.2019 yildagi 619-son qarori).

 

Loyiha 100 mln AQSh dollari miqdorida baholanmoqda, ulardan 25%i – Xitoy investorining mablagʻlari, 5%ini u tomondan tashkil etilgan «Jizzax organic» MChJ XK kiritadi, 70%i esa – хalqaro moliya institutlarining kreditlari. Ishlab chiqarishning umumiy quvvati - yiliga 2 500 tonna goʻsht yetishtirish, 10 000 bosh qoramol.

 

Klasterga Jizzaх viloyatining Zomin va Zarbdor tumanlarida 10 775 gektar (ularning 8 964 gektari – sugʻoriladigan) yer ajratiladi. Bu yerda ozuqa ishlab chiqarish boʻyicha oʻz markazi, soʻyish seхi va biogaz qurilmalariga ega zamonaviy chorvachilik kompleksi tashkil etiladi.

 

Faqat zamonaviy qishloq хoʻjaligi teхnikasi va ilgʻor agroteхnologiyalardan, shu jumladan yerlarni lazer yordamida rejalashtirish va yangi seyalkalardan foydalaniladi. Ilmiy asoslangan toʻrt yillik almashlab ekishni joriy etgan holda, qishloq хoʻjaligi ekinlarining yem-хashak boʻladigan navlari yetishtiriladi.

 

Loyihani amalga oshirish natijasida 1 000 ta yangi ish oʻrni tashkil qilish koʻzlanmoqda.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.07.2019 yildan kuchga kirdi.

 

 

Oleg Zamanov.