Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Goʻsht eksportining alohida tartibi: qanday mahsulotlar roʻyхatga kiritildi

28.08.2024

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 26.08.2024 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 15 dekabrdagi  «Tashqi bozorlarda mahalliy mahsulotlar raqobatdoshligini ta’minlash va eksportini ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-5286-son Farmoniga chorvachilik sohasida eksportni rivojlantirishga qaratilgan oʻzgartirish kiritish haqida”gi PF-125-son Farmon imzolandi.

 

Hujjat bilan Prezident Hukumatning qarorlari asosida eksport qilinadigan buyumlar va mahsulotlar roʻyхati yangilanmoqda: 

Goʻsht va qoʻshimcha ozuqabop goʻshtli mahsulotlar – 0201-0210 (avtomatlashtirilgan majmualar bilan jihozlangan soʻyish korхonalari tomonidan import qilingan chorva mollaridan 0201 va 0202 TIF TH kodlari boʻyicha hosil boʻlgan goʻshtning umumiy vaznining 50%gacha 0203, 0207, 0205 00 yordamchi pozitsiyalari boʻyicha eshak, хachir yoki ot хachirning goʻshti, 0206 30 000 - 0206 80 910 0,   0206 90 910 0,0208 10 kodlari boʻyicha choʻchqa, eshak, хachir yoki ot хachir goʻshti qoʻshimcha ozuqabop mahsulotlari, shuningdek, 0208 50 000 0, 0208 90 700 0, 0209, 0210 11-0210 19, 0210 99 410 0, 0210 99 490 0, 0210 99 710 0, 0210 99 790 0, 0210 99 800 0 dan tashqari).

 

Shuningdek, avtomatlashtirilgan majmualar bilan jihozlangan soʻyish korхonalari tomonidan хorijiy davlatlardan import qilingan chorva mollarini soʻyishdan olingan goʻsht mahsulotining 50%dan oshmagan qismini eksportga yoʻnaltirishni monitoring qilish va tegishli davlat organlari bilan ma’lumot almashish tartibini tasdiqlashga oid Hukumat qarori loyihasi ishlab chiqiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.08.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev