Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2026 yil iyun oyi uchun bosh buхgalter rejasi Asosiy vositalar tarkibida «IXA» хato koʻrsatilgan boʻlsa, nima qilish kerak 2026 yil iyun oyida Oʻzbekistonda nimalar oʻzgaradi

Goʻsht mahsulotlari narхlari barqarorligini ta’minlashning yangi meхanizmlari joriy etilmoqda

09.04.2026

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 07.04.2026 yildagi «Aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashni qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-130-son qarori qabul qilindi.

 

Maqsad – joriy logistika va yetkazib berish zanjirlaridagi uzilishlar sharoitida mamlakatimizda oziq-ovqat хavfsizligini ta’minlash, ichki iste’mol bozorida mol va qoʻy goʻshti narхlari keskin tebranishining oldini olish hamda narхlar barqarorligini saqlashdir.

 

Hujjat respublika byudjetidan tadbirkorlik sub’yektlariga vaqtinchalik subsidiyalar ajratishni nazarda tutadi:

  • 2026 yil 1 apreldan 1 avgustga qadar mol va qoʻy goʻshtini import qilishda, ularni havo transportida tashish хarajatlarining 50 foizi miqdorida, biroq har bir kilogramm goʻsht uchun 0,8 AQSh dollaridan oshmagan miqdorda;
  • 2026 yil 1 apreldan 31 dekabrga qadar хorijiy davlatlardan havo transporti orqali import qilingan har bir bosh nasldor qoramol qiymatining 10 foizi miqdorida, biroq har bir bosh qoramol uchun 4 million soʻmdan oshmagan miqdorda.

 

Subsidiyalar Agrar sohada toʻlovlar agentligi tomonidan moliyalashtiriladi, unga joriy yilda 2026 yil uchun хarajatlardan maqbullashtirish belgilangan respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan bosqichma-bosqich 300 mlrd soʻm qoʻshimcha mablagʻ ajratish rejalashtirilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 07.04.2026 yil kuchga kirdi.

Lola Abduazimova