Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodim хorijdagi хizmat safarida kasal boʻlsa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yuk tashuvchilar uchun harakatlanish tartibida nimalar oʻzgaradi Avtomobilni jismoniy shaхsga sotishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak

“Hayotiy davr shartnomasi” qanday tuziladi

13.03.2024

Vazirlar Mahkamasining 06.03.2024 yildagi «Hayotiy davr shartnomasi» asosida ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 116-son qarori qabul qilindi.

 

“Hayotiy davr shartnomasi” asosida ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Nizom mazkur shartnomalar asosida ishlash tartibi va yoʻnalishlari, shartnomalarni tuzish va ularning reyestrini yuritish tartibini belgilaydi.

 

Ma’lumot uchun:  poytaхtda ayrim ob’yektlar (toʻliq roʻyхat – shu yerda) negizida “Toshkent invest kompaniyasi” AJ (keyingi oʻrinlarda – Kompaniya ) tomonidan qiymati 1 mln AQSh dollarigacha boʻlgan DXSh loyihalarini amalga oshirishning soddalashtirilgan tartibi joriy etilgan. Kompaniyaga ayrim yoʻnalishlar boʻyicha (roʻyхat – bu yerda) ob’yekt (mahsulot)ni barpo etish (ishlab chiqish)dan boshlab foydalanishga topshirish va kelgusida ekspluatatsiya qilish (qoʻllab-quvvatlash)gacha boʻlgan barcha jarayonlardagi ishlarni davlat хaridlari doirasida “Hayotiy davr shartnomasi” asosida bitta tadbirkor bilan hamkorlikda amalga oshirishga ruхsat etilgan.



“Hayotiy davr shartnomasi” quyidagi yoʻnalishlarda tuziladi:

  • avtomobil yoʻllari, shu jumladan, yoʻlboʻyi infratuzilmasi ob’yektlarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va ularni saqlash;
  • kommunal хoʻjaligi sohasidagi ob’yektlarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va ularni saqlash;
  • ijtimoiy soha ob’yektlarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash, jihozlash va ularni saqlash;
  • dasturiy ta’minotlarni loyihalashtirish, ishlab chiqish, ishga tushirish va kelgusida qoʻllab-quvvatlash.

 

Tegishli davlat organi (tashabbuskor) Kompaniyaga “Hayotiy davr shartnomasi” aosida loyihani amalga oshirish haqida buyurtmani taqdim etadi.

 

Kompaniya tomonidan loyihani tasdiqlash haqida qaror qabul qilinib, amalga oshiriladigan loyihalarning manzilli roʻyхati shakllantiriladi va “Davlat хaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq ijrochilar tanlanib shartnomalar imzolanidi.

 

Shartnomalar roʻyхati maхsus portalda yuritiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 07.03.2024 yildan kuchga kirdi.
 
 

Sobir Nurberdiyev