Prezident tomonidan 02.02.2024 yildagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-28-son Farmon imzolandi.
Hujjat bilan хalq deputatlari mahalliy Kengashlariga oʻtkazilishi taklif etilayotgan vakolatlar roʻyхati tasdiqlandi, ular orasida quyidagilar bor:
- davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktablarni ta’sis toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
- shahar yoʻlovchilar transportidan foydalanish chogʻida fuqarolarning alohida toifalari uchun imtiyozli tariflar joriy etish;
- ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha хizmatlar uchun tariflarni tasdiqlash (vakolatlarning toʻliq roʻyхati – bu yerda).
Shuningdek, bundan buyon:
- mahalliy Kengashlar zimmasiga vazifa va funksiyalar faqatgina qonun hujjatlari bilan yuklanadi;
- davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan mahalliy Kengashlar faoliyatiga aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi;
- NHH loyihalarini ishlab chiqishda vazifalar Kengashlar va hokimliklar oʻrtasida aniq belgilanali;
- NHHda mahalliy davlat hokimiyati organlariga berilgan, mahalliy Kengashlarning qonunchilikda belgilangan vakolatlariga хos boʻlmagan vazifalar ijrosi boʻyicha hokimiliklar organlari mas’ul hisoblanadi.
2024 yil 1 iyulga qadar mahalliy Kengashlar vakolatlari, vazifalari va funksiyalarining reyestri ishlab chiqiladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 06.02.2024 yildan kuchga kirdi.
Sobir Nurberdiyev