Bu savolga Prezidentning 2019 yil 2 apreldagi PQ–4258-son qarorida javob berilgan.
2019 yil fevralda Oʻzbekiston 5 va 10 yillik suveren хalqaro obligatsiyalarini chiqardi. Jahon moliya bozorlarida ikkita transh bilan (500 mln dollardan) joylashtirilgan umumiy summa 1 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi: 4,75% daromad keltiradigan birinchisi 2024 yil fevralda, 5,375% daromad keltiradigan ikkinchisi 2029 yil fevralda toʻlanishi lozim.
Adliya vazirligining ma’lum qilishicha, davlatimiz rahbarining qarori bilan ushbu mablagʻlar tegishli foizlar bilan qaytarish shartlarida quyidagicha taqsimlanadi:
- 889,2 mln AQSh dollari – auksion orqali tijorat banklarining depozit schyotlariga joylashtiriladi;
- 20 mln AQSh dollari –Agrobankka qarz sifatida beriladi;
- 89,9 mln AQSh dollari – Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga ssuda sifatida beriladi.