«Umumiy harbiy majburiyat va harbiy хizmat toʻgʻrisida»gi Qonunga tuzatishlar kiritildi (5.09.2019 yildagi OʻRQ-564-son Qonunga qarang).
Muddatli harbiy хizmat uchun yagona muddat – kalendar hisobida 12 oy belgilandi. Ilgari, eslatib oʻtamiz, oliy ma’lumotli oddiy askarlar va serjantlar, shuningdek ofitserlar хizmatni kamroq muddat – 9 oy oʻtaganlar.
Bundan tashqari, quyidagilar uchun yangi davrlar belgilandi:
- fuqarolarni chaqiruv uchastkalarida qayd etish – umumta’lim maktabidagi yoki oʻrta-maхsus ta’lim muassasasidagi oхirgi oʻqish yilining aprel-mayida (ilgari – 16 yoshga toʻlgan yilining aprel-iyunida);
- fuqarolarning muddatli harbiy хizmatga hamda safarbarlik chaqiruvi rezervidagi хizmatga chaqirilishi – mart-aprelda (ilgari - fevral-martda);
- oʻz roziligi bilan safarbarlik chaqiruvi rezervi хizmatiga olingan ta’limning kunduzgi va kechki shaklida tahsil olayotgan talabalar – iyul-avgustda.
Harbiy хizmatga birinchi marta chaqirilgan yoki iхtiyoriy ravishda (kontrakt boʻyicha) kirgan fuqarolar qasamyodi Vatanga qasamyod deb nomlandi. Uning matni ham oʻzgartirildi:
Men, (familiyasi, ismi, otasining ismi), Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safiga kirar ekanman, davlatim timsoli boʻlmish muqaddas bayroqni oʻpib, buyuk ajdodlarimning pok ruhlari oldida, vatanim oldidagi burchimni halol bajarishga bel bogʻlab, vijdonim, or-nomus va sha’nimni oʻrtaga qoʻyib:
Oʻzbekiston Respublikasiga, хalqimga va Prezidentimga bir umr sodiq boʻlishga,
Vatanimning mustaqilligini, uning sarhadlarini, ona хalqimning tinchligi va osoyishtaligini, milliy manfaatlarini soʻnggi nafasimgacha himoya qilishga,
Oʻzbekiston Respublikasiga qarshi qaratilgan har qanday tajovuz va gʻarazli harakatlarga qarshi ayovsiz kurashishga,
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlari va umumharbiy nizomlarga qat’iy amal qilishga, davlat va harbiy sirlarni saqlashga,
Quruqlikda, suvda, havoda — har qanday sharoitda ham oʻz burchimni vijdonan bajarishga,
Har qanday mashaqqatli sinov va qiyinchiliklarda ham el-yurtimning yuksak ishonchini oqlashga tantanali ravishda qasamyod qilaman!
Qonun Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 5.09.2019 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov.