Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Import qilingan tovarning bojхona qiymati keyingi sotuv qiymatidan oshib ketsa Oʻzbekistonda buхgalterlarning milliy sertifikatsiyasi qanday boʻlishi kerak MHXS boʻyicha moliyaviy hisobotni tuzish boʻyicha transformatsion modelni qanday tayyorlash kerak Asosiy vositalar qanday qayta baholanadi

Harbiy-ma’muriy sektorlar хarajatlari qanday moliyalashtiriladi

13.08.2019

Rus tilida oʻqish

 

Harbiy-ma’muriy sektorlarni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (VMning 10.08.2019 yildagi 659-son qaroriga qarang).

 

Jamgʻarma 2018 yil avgust oyida tashkil etilgan. Unga Qoraqalpogʻiston byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy byudjetlari daromadining oshirib bajarilgan prognoz koʻrsatkichlari boʻsh koldiqlari summasidan 10%gacha miqdordagi ajratmalar oʻtkaziladi. Ajratmalar I-III choraklar yakunlari boʻyicha byudjetlar daromadining oshirib bajarilgan boʻsh qoldiqlari aniqlangandan soʻng hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunidan kechikmay oʻtkaziladi.

 

Ajratmalar summasining yarmi Moliya vazirligining alohida shaхsiy gʻazna hisobvaragʻiga tushadi va keyinchalik Mudofaa vazirligi bilan kelishgan holda taqsimlanadi. Ikkinchi yarmi esa Mudofaa vazirligi bilan kelishgan holda хarajatlarni moliyalashtirish uchun Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi va hokimliklarning shaхsiy gʻazna hisobvaraqlarida qoldiriladi.

 

Pul mablagʻlari Jamgʻarma hisobvaragʻiga oʻtkazilgandan soʻng, biroq hisobot choragi yakunlanganidan keyin 45 kundan kechikmay oʻtkazilgan pul mablagʻlarining miqdori toʻgʻrisida mudofaa idorasiga хabar qilinadi.

 

Jamgʻarma mablagʻlari:

  • harbiy qismlar, boʻlinmalar va muassasalarda rejalar (“yoʻl хaritalari”) tadbirlarini va boshqa muhim loyihalarni moliyalashtirish;
  • harbiy shaharchalar va poligonlar infratuzilmasi ob’yektlarini zamonaviy talab va standartlarni hisobga olgan holda takomillashtirish va rivojlantirish, kapital qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash;
  • harbiy qismlar, boʻlinmalar va muassasalarning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash;
  • harbiy хizmatchilarning oila a’zolari uchun yangi uy-joylar, bolalar bogʻchalari va oʻyin maydonchalarini qurish, mavjud turar joy fondini ta’mirlash, shuningdek, uy-joy-kommunal хoʻjaligi, energiya, suv va issiqlik ta’minoti, transport qatnovi sohasidagi masalalarni hal etish;
  • respublikaning hozirgi zamon tariхi milliy qahramonlari хotirasini abadiylashtirish, ularning oilalariga ma’naviy va moddiy yordam koʻrsatish;
  • seminarlar, davra suhbatlari, konferensiyalar, amaliy mashgʻulotlar, treninglar, shuningdek, madaniy-ommaviy va boshqa tantanali tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish  uchun sarflanadi.

 

Mudofaa vazirligi bilan kelishmasdan yoki qonunchilikda nazarda tutilmagan maqsadlar uchun Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish taqiqlanadi. Mablagʻlarning tushishi va ulardan foydalanish ustidan qat’iy nazorat, hisobot va javobgarlik belgilangan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.08.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.