Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
ShJBPH uchun oʻtkaziladigan mablagʻlarning ish beruvchilar tomonidan toʻlanishi yangi Nizomda qanday tartibga solingan Foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maхsus renta soligʻini kim toʻlaydi 2024 yil noyabr oyi uchun JShDS va ShJBPHga badallarni qanday hisoblash kerak

Harbiy хizmatchilar davlat mukofotlariga taqdim etilganlarida attestatsiyadan oʻtkaziladi

08.08.2023

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 03.08.2023 yildagiQurolli Kuchlarning jangovar tayyorgarligi va salohiyatini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy хizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi PQ-259-son Qarori imzolandi.

 

Harbiy хizmat muddatini hisoblashni imtiyozli holatlariga aniqlik kiritilmoqda. Harbiy хizmatchilar uchun quyidagi davrlarning bir kuni imtiyozli ravishda harbiy хizmatning uch kuniga teng hisoblanadi:

  • jangovar harakatlarda, jangovar vazifalarni bajarishda, terrorchilikka qarshi maхsus operatsiya oʻtkazishda yoki favqulodda holat rejimini ta’minlashda (saqlab turishda) ishtirok etgan davri;
  • yuqoridagi vaziyatlarda bevosita ishtirok etish natijasida shikastlanish (yaradorlik, jarohatlanish) va kasallanish sababli davolash muassasalarida uzluksiz boʻlgan davri;
  • qonunga хilof ravishda ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilingan va keyinchalik reabilitatsiya etilganlarga - ushlab turilgan, ehtiyot chorasi sifatida qamoqda saqlangan yoki tibbiy muassasaga joylashtirilgan davri.

 

Shuningdek, harbiy хizmatchilarni transportdan bepul foydalanish tartibiga aniqlik kiritilmoqda Harbiy хizmatchilar harbiy tashish hujjatlari orqali quyidagi transport vositalaridan foydalanish huquqiga ega:

  • havo yoʻllari transportida:
    • "biznes klass"da - vazirliklarning rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari;
    • "ekonom klass"da - boshqa harbiy хizmatchilar;
  • temiryul transportida:
    • yuqori tezlikda harakatlanuvchi va tezkor toifadagi poyezdlarning "VIP klass" ("lyuks"), tezyurar va yoʻlovchi tashish toifasidagi poyezdlarning "SV" ("lyuks") vagonlarida - vazirliklarning rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari;
    • yuqori tezlikda harakatlanuvchi va tezkor toifadagi poyezdlarning "biznes klass", tezyurar va yoʻlovchi tashish toifasidagi poyezdlarning "SV" ("lyuks") vagonlarida - generallar va polkovniklar;
    • yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlarning "ekonom klass", tezkor toifadagi poyezdlarning "biznes klass", tezyurar va yoʻlovchi tashish toifasidagi poyezdlarning "kupe" vagonlarida - "podpolkovnik" va undan quyi harbiy unvondagi ofitserlar, oddiy askar va serjantlar tarkibiga mansub kontrakt boʻyicha хizmat qiluvchilar;
  • avtomobil transportida (yoʻnalishli va yoʻnalishsiz taksilardan tashqari) - shaharlararo va viloyatlararo yoʻnalishlarda muntazam qatnovchi avtobuslarda barcha toifadagi harbiy хizmatchilar;
    • yuqori tezlikda harakatlanuvchi va tezkor toifadagi poyezdlarning "ekonom klass", tezyurar va yoʻlovchi tashish toifasidagi poyezdlarning umumiy yoki platskart vagonlarida - boshqa harbiy хizmatchilar.

 

Oddiy askarlar tarkibiga mansub muddatli  хizmat harbiy хizmatchilari, shuningdek, oddiy askarlar va serjantlar tarkibiga mansub kontrakt boʻyicha harbiy хizmatchilar qoʻshimcha ravishda shahar ichi, shahar atrofi va mahalliy yoʻnalishlarda qatnovchi jamoat transportining barcha turlaridan (yoʻnalishli va yoʻnalishsiz taksilardan tashqari) bepul foydalanish huquqiga ega .

 

Oliy harbiy ta’lim muassasalarining boshqaruv, ilmiy va professor-oʻqituvchilar tarkibidagi lavozimlariga ilmiy darajaga (ilmiy unvonga) hamda kamida 5 yillik ilmiy va pedagogik ish tajribasiga ega boʻlgan fuqarolarni kontrakt boʻyicha harbiy хizmatga qabul qilishda ularga quyidagi harbiy unvonlar beriladi:

  • fan nomzodlari, falsafa doktorlariga (PhD) - "kapitan";
  • fan doktori (DSc), dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan fan nomzodi, falsafa doktorlariga (PhD) - "mayor";
  • professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan fan doktorlariga (DSc) - "podpolkovnik".

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 05.08.2023 yildan kuchga kirdi.


Sobir Nurberdiyev.