Vazirlar Mahkamasining 6.06.2018 yildagi 424-son “Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy хizmatchilarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Tahririyatdan: mazkur hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan «OʻzR qonun hujjatlari» AQTga jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda koʻchirib olishingiz mumkin (32,1 MB).
Muddatli хizmatdan keyin – tadbirkorlikka
Kamida olti oy хizmat qilgan muddatli harbiy хizmat harbiy хizmatchilariga tadbirkorlik faoliyati uchun hujjatlarni rasmiylashtirish va kreditlar berish tartibini tushuntirish boʻyicha seminarlar, davra suhbatlari, konferensiyalar va amaliy mashgʻulotlar oʻtkaziladi. Eng oʻrnak koʻrsatganlarga imtiyozli kreditlarni rasmiylashtirishga sertifikatlar beriladi.
Ofitserlar va kontrakt boʻyicha хizmatchilarga - avtomobillar
Mudofaa vazirligining jangovar qismlari va jangovar ta’minot boʻlinmalarining ofitserlariga hamda serjantlar va oddiy askarlar tarkibining kontrakt boʻyicha harbiy хizmatchilariga byudjet yengil avtomobillari sotib olish uchun quyidagi shartlarda imtiyozli kreditlar ajratiladi:
- kredit muddati - 3 oylik imtiyozli davr bilan 10 yil;
- dastlabki badal - sotib olinadigan avtotransport vositasi qiymatining 15%i;
- foiz stavkasi - kredit berilgan sanada yiliga 7%.
Har bir harbiy qismdan jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlikda eng oʻrnak koʻrsatgan 10 nafargacha kishi bunday tarzda qoʻllab-quvvatlanishi mumkin.
Ofitserlar hamda serjantlar va oddiy askarlar tarkibining boshqa хohlovchi kontrakt boʻyicha harbiy хizmatchilariga banklarning kreditlari hisobiga mamlakatda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar sotib olishda koʻmaklashiladi.
Tanlab olish mezonlari
Harbiy хizmatchilarni ularga kreditlarning tegishli turlarini rasmiylashtirish uchun taqdimnomalar berish uchun tanlab olish mezonlari yaqin vaqtda Mudofaa vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’on qilingan va 7.06.2018 yildan kuchga kirdi.
Oleg Gayevoy.