Prezident tomonidan fuqarolarning muddatli harbiy хizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan хizmat muddatini oʻtab boʻlgan harbiy хizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga boʻshatish toʻgʻrisidagi qaror imzolandi (26.02.2020 yildagi PQ-4618-son qarorga qarang).
Eslatib oʻtamiz, 2019 yilda har yilgi harbiy chaqiruv mart-aprel oylariga koʻchirilgan, Bungacha u fevral-mart oylarida amalga oshirilgan.
Tegishincha, 2020 yil mart-aprel oylarida:
- armiyada хizmat qilish muddatini kechiktirish va ozod etish huquqiga ega boʻlmagan chaqiruv yoshidagi fuqarolar muddatli harbiy хizmatga chaqiriladi. E’lon qilingan kampaniya asnosida Qurolli Kuchlar safiga kirmaydigan chaqiriluvchilar safarbarlik chaqiruvi rezerviga olinadi (batafsil qarang).
- belgilangan muddatni oʻtab boʻlgan harbiy хizmatchilar Qurolli Kuchlar rezerviga boʻshatiladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.02.2020 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov.