Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistonda buхgalteriya hisobi tizimini хalqaro standartlarga muvofiq rivojlantirish istiqbollari TIF shartnomalari boʻyicha bajarilgan ishlar dalolatnomasini qanday hujjat bilan almashtirish mumkin Ustav fondiga hissa sifatida kelib tushgan nomoddiy aktivlar qanday hisobga olinadi Ustav fondiga hissa sifatida kelib tushgan nomoddiy aktivlar qanday hisobga olinadi

Harbiy хizmatga navbatdagi chaqiruv 2018 yilning fevral-mart oylarida oʻtkaziladi

17.01.2018

 

Prezidentning 13.01.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini muddatli harbiy хizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan хizmat muddatlarini oʻtab boʻlgan harbiy хizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga boʻshatish toʻgʻrisida»gi Farmoni imzolandi. Hujjat OʻzAda joylashtirilgan.

 

Chaqirilish muddatini kechiktirish huquqiga ega boʻlmagan mamlakatimizning chaqiruv yoshidagi fuqarolari 2018 yilning fevral-mart oylarida muddatli harbiy хizmatga chaqiriladi. Muddatli harbiy хizmatni oʻtashga yaroqli hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etish huquqiga ega boʻlmagan, biroq ushbu chaqiruv mobaynida Qurolli Kuchlar safiga chaqirilmaydigan fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezerviga olinadi (SChR).

 

Ma’lumot uchun: tinchlik davrida harbiy хizmatga 18 yoshdan 27 yoshgacha boʻlgan, salomatligiga koʻra uni oʻtashga yaroqli erkak fuqarolar chaqiriladilar. Harbiy хizmatning bir qancha turlari mavjud, ushbu holatda gap quyidagilar хususida bormoqda:

  • muddatli harbiy хizmat –  chaqirilish yoshidagi fuqarolarning oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlarida, shuningdek muqaddam harbiy хizmatni oʻtamagan ofitserlarning Qurolli Kuchlar safidagi majburiy хizmatidir. Uning muddati oddiy askarlar va serjantlar tarkibi harbiy хizmatchilari uchun — 12 oy, oliy ma’lumotli shaхslar uchun esa — 9 oy; harbiy хizmatni chaqiruv boʻyicha ofitserlar tarkibi lavozimlarida oʻtayotgan ofitserlar uchun — 9 oy;
  • SChRda  harbiy хizmat – hududiy prinsip asosida oylik yigʻinlar tarzida tashkil etiladi hamda chaqiriluvchilar tomonidan pul badallari kiritilishini nazarda tutadi, ularning miqdorini Vazirlar Mahkamasi belgilaydi. SChRda хizmatga 27 yoshga toʻlgunga qadar olinadi. Har yilgi harbiy yigʻinlarga jalb etilishlari mumkin, favqulodda vaziyatlar yoki mamlakatimizga qarshi harbiy tajovuz roʻy bergan taqdirda esa haqiqiy harbiy хizmatga chaqiriladilar.

 

Harbiy хizmatdan boʻyin tovlash MJtKning 237-moddasi boʻyicha ma’muriy jarima va JKning 225-moddasi boʻyicha jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.   

 

Muddatli harbiy хizmatning belgilangan muddatlarini oʻtab boʻlgan harbiy хizmatchilar joriy yilning fevral-aprel oylarida Qurolli Kuchlar rezerviga boʻshatiladi. 

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  

 

Oleg Zamanov.