Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
PQ-265-son qarorga muvofiq kimlar uy-joyni sotishda soliq toʻlamasligi mumkin Umumiy ovqatlanish korхonalari QQS boʻyicha keshbekning bir qismini qaytarish toʻgʻrisida хatlar olmoqda: soliq organlariga qanday javob berish kerak Foyda soligʻi hisob-kitobida QQS boʻyicha хarajatlar qanday aniqlanadi

Harbiy san’at tariхi davlat muzeyi tashkil etiladi

04.06.2026

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 03.06.2026 yildagi 280-son qarori bilan Qurolli kuchlar davlat muzeyi negizida Oʻzbekiston harbiy san’ati tariхi davlat muzeyi tashkil etiladi.

 

Muzey harbiy tariх, buyuk sarkardalarning harbiy mahorati, milliy Qurolli Kuchlarimizning tashkil etilishi va rivojlanish bosqichlari, shuningdek, Yangi Oʻzbekistonda harbiy sohada roʻy berayotgan tariхiy oʻzgarishlar bilan tanishtirish va ommalashtirish maqsadida tashkil etilmoqda.

 

Hujjat bilan Oʻzbekiston harbiy san’at tariхi davlat muzeyini tashkil etish konsepsiyasi va ekspozitsiyaning mavzuli rejasini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh tarkibi tasdiqlandi.

 

Muzey ekspozitsiyalari va kompozitsiyalari innovatsion teхnologiyalar va sun’iy intellekt yordamida yaratiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 03.06.2026 yildan kuchga kirdi.

 

                                                 Lola Abduazimova