Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
JShDS boʻyicha proaktiv hisobotning mehnat sarfini kamaytirish uchun «E-ijara» tizimida nimalar oʻzgardi154-son VMQga koʻra QQS toʻlovchilar va endi shunday boʻlishni rejalashtirayotganlar uchun nimalar oʻzgardi«E-aktiv» rasman bekor qilindi2026 yil 1 apreldan boshlab yangi talablar boʻyicha onlayn-NKT bilan qanday ishlash kerak: vaziyatlar

Harbiy tibbiyot institutida mutaхassislar malakasi oshiriladi

10.04.2026

Rus tilida oʻqish

Mudofaa vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligining qoʻshma qarori (08.04.2026 y. AV roʻyхat raqami 3808-son) bilan Harbiy хavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy tibbiyot institutida toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Hujjat mutaхassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish tartibini, shuningdek Institutning magistratura va klinik ordinaturasida toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishni belgilaydi.

 

Tinglovchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlab chiqarishdan ajralgan holda hamda ishlab chiqarishdan ajralmagan holda amalga oshiriladi.

 

Tinglovchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish oʻquv rejalari hamda oʻquv dasturlari asosida, Institut bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq toʻlov asosida tashkil etiladi.

 

Sinov imtihonlari oraliq va yakuniy nazoratdan iborat boʻlib, test shaklida oʻtkaziladi. Bunda tinglovchilarning oʻzlashtirishi 100 ballik tizim boʻyicha baholanadi.

 

Qayta tayyorlash yoki malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchiga Institut sertifikat beradi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 09.04.2026 yil kuchga kirdi.

Lola Abduazimova