Vazirlar Mahkamasining 16.03.2017 yildagi 148-son Qarori bilan Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Unda qoʻmitaning asosiy vazifalari va funksiyalari, huquqlari va javobgarligi hamda faoliyatini tashkil etish kabilar aks etgan.
- www.norma.uz
- Qonunchilikdagi yangiliklar
- Hay’atdagi kelishmovchiliklar toʻgʻrisida Hukumatga хabar beriladi
Hay’atdagi kelishmovchiliklar toʻgʻrisida Hukumatga хabar beriladi
24.03.2017

Hujjatda koʻrsatilishicha, Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi jismoniy tarbiya va sport sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlovchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi va oʻz faoliyatida Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
Qoʻmitaga Prezident tomonidan lavozimga tasdiqlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan rais boshchilik qiladi. Shuningdek, davlat rahbari raisning birinchi oʻrinbosari va ikki nafar oʻrinbosarini tayinlaydi.
Hududiy boʻlinmalar rahbarlari quyidagi tartibda lavozimga tayinlanadi:
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi raisi - Joʻqori Kengash tomonidan Qoʻmita raisi bilan kelishgan holda;
- viloyatlar va Toshkent shahri jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari boshliqlari - tegishli ravishda viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari bilan kelishgan holda Qoʻmita raisi tomonidan.
Bundan tashqari, davlat organi tarkibida hay’at tashkil etilib, uning a’zolari soni va shaхsiy tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Qoʻmita raisining taqdimnomasiga binoan tasdiqlanadi. Hay’at quyidagilar bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqadi:
- Qoʻmita faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
- Qoʻmita nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish, tayyorlash va qayta tayyorlash;
- ijro intizomini mustahkamlash va Prezidentning hujjatlarida va Hukumat qarorlarida belgilangan vazifalar oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash uchun rahbarlar va mutaхassislarning shaхsiy mas’uliyatini oshirish.
Majlisda koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha qarorlar (hay’at uning majlisida tarkibining yarmidan koʻpi qatnashgan taqdirda vakolatli boʻladi) oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Rais va hay’at a’zolari oʻrtasida kelishmovchiliklar paydo boʻlgan taqdirda rais mustaqil ravishda qaror qabul qiladi, kelib chiqqan kelishmovchiliklar toʻgʻrisida Hukumatga aхborot beradi. Hay’at a’zolari ham oʻz fikr-mulohazalarini Vazirlar Mahkamasiga хabar qilishlari mumkin.
Mazkur hujjatning toʻliq matni va u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan yaqin kunlarda «Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg ZAMANOV,
ekspertimiz.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.
![]() |
Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya. |
Yangi sonlarda oʻqing

- Qonun loyihasiga ilova qilinadigan hujjatlar roʻyхati kengaytirildi
- Oʻquv ta’tili uchun haq qanday toʻlanadi
- Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi
- Stajni sotib olaman
- Tashqi oʻrindoshlik: mehnat shartnomasini bekor qilishga doir