Vazirlar Mahkamasining 17.11.2021 yildagi 690-son qarori bilan "Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2017 yil 2 martdagi 116-son VMQga oʻzgartirishlar kiritildi.
Belgilanishicha, eski haydovchilik guvohnomalari va avtomototransport vositasi roʻyхatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalar quyidagi muddatlarda yangilariga almashtirilishi lozim:
● 2010 yilgacha boʻlgan davrda berilganlari - 2022 yil 31 martga qadar;
● 2010-2012 yillarda berilganlari - 2022 yil 30 iyunga qadar;
● 2013-2015 yillarda berilganlari - 2022 yil 30 sentyabrga qadar;
● 2015 yildan keyin berilganlari - 2022 yil 31 dekabrga qadar.
Ilgari 2021 yil 31 dekabrga qadar almashtirish majburiy edi.
Yuqorida koʻrsatilgan muddatlarda almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.11.2021 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova.