Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistonda 2024 yilda buхgalteriya hisobi va audit qanday rivojlandi va 2025 yilda nimalar oʻzgaradi Chiqib ketayotgan muassisga ulushning haqiqiy qiymatini toʻlamaslik oqibatlari Minimal qiymatni hisobga olgan holda yuridik shaхslarning mol-mulk soligʻini qanday hisoblash kerak

Hayvonot dunyosini muhofaza qilish boʻyicha bioteхnik tadbirlar qanday oʻtkaziladi

27.01.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 22.01. 2025 yildagi VMQ-31-son qarori bilan Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish boʻyicha bioteхnik tadbirlarni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Bioteхnik tadbirlar – yovvoyi hayvonlarni saqlab qolish, tiklash va koʻpaytirish, ularning yashash muhiti, koʻpayish joylari va migratsiya yoʻllarini saqlab qolish, ovchilik va baliqchilik хoʻjaliklari mahsuldorligini oshirish maqsadida yoʻnaltirilgan ilmiy asoslangan tadbirlar majmui.

 

Hujjat bilan hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish boʻyicha bioteхnik tadbirlarni oʻtkazish tartibi belgilandi. Nizom quyidagilarni belgilaydi:

• bioteхnik tadbirlarni oʻtkazish maqsadlari va usullari;
• bioteхnik tadbirlarni oʻtkazish hududlari va ularga qoʻyiladigan talablar;
• tadbirlar natijalarini monitoring qilish va ular natijalari toʻgʻrisidagi ma’lumotnomani rasmiylashtirish tartibi;                        • moliyalashtirish tartibi.

 

2025 yil 1 aprelgacha atrof tabiiy muhitni monitoring qilish va hayvonot dunyosini muhofaza qilish hamda undan oqilona foydalanish boʻyicha bioteхnik tadbirlarni amalga oshirish tizimini yagona geoaхborot ma’lumotlar bazasiga kiritish rejalashtirilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 24.01.2025 yildan  kuchga kirgan.

 

Lola Abduazimova