1.07.2019 yildagi “Hisob palatasi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-546-son Qonun e’lon qilindi.
Hisob palatasi 2002 yilda Davlat byudjetining ijrosi, davlat aktivlari va passivlarining holati hamda harakati, oltin-valyuta zaхiralari va tashqi qarzini boshqarish va tasarruf etish monitoringi ustidan nazorat qilish uchun tashkil etilgan.
2017 yilda ushbu organning mazkur paytda dolzarb boʻlgan vazifalari va tuzilmasi belgilangan. Oʻsha paytda yangilangan Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi toʻgʻrisida nizom qabul qilingan, biroq alohida maqomi sababli uning faoliyati qonun bilan tartibga solinishi kerak. Tegishli qonun loyihasini ishlab chiqib, 2018 yil iyun oyida muhokamaga taqdim etdilar (sharhga qarang).
E’lon qilingan hujjatda Hisob palatasining asosiy vazifalari, faoliyati prinsiplari, funksiyalari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan hamkorligi jihatlari (talablar va qarorlar bajarilishining majburiyligi), vakolatlari va boshqa tashkiliy jihatlar oʻz aksini topgan.
Hisob palatasi dastlabki hamda yakuniy nazorat tarzida taftish, tekshirish (shu jumladan byudjet toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining avvalgi taftishda yoki tekshirishda aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish yuzasidan nazorat tartibida tekshirish) va oʻrganish shaklida nazoratni amalga oshiradi. Natijalar boʻyicha quyidagi munosabat bildirish hujjatlari qabul qilinadi:
Hujjat |
Koʻrsatma |
Taqdimnoma |
Tahliliy ma’lumot |
Xulosa |
Mohiyati va mazmuni |
Nazorat ob’yektlarining yoki yuqori tashkilotning rahbarlariga aniqlangan kamchiliklar va qoidabuzarliklarni bartaraf etish, davlatga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash hamda aybdorlarni javobgarlikka tortish uchun yuboriladi |
Moliya vazirligi, DSQ, DBQ va mahalliy davlat hokimiyati organlariga - byudjet daromadlarining prognozi bajarilmaganligi va soliq qarzdorligi kamaymaganligi uchun hududiy moliya organlarining, davlat soliq va bojхona хizmati organlarining rahbarlariga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisida kiritiladi |
Oʻtkazilgan oʻrganish yoki tahlil toʻgʻrisidagi umumlashtirilgan ma’lumotlar, aniqlangan muammolar, mavjud toʻsiqlar va kamchiliklarning qisqacha tavsifi, ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar - Prezidentning topshiriqlari va Oliy Majlis palatalarining soʻrovlari boʻyicha oʻtkazilgan nazorat natijalari yuzasidan, shuningdek nazorat ob’yektining muayyan sohasini va faoliyatini oʻrganish natijalari yuzasidan tayyorlanadi |
Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlari, soliq va byudjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari loyihalari parametrlari shakllantirilishini tahlil qilish natijalari, ularning ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni tashqi auditdan oʻtkazish hamda baholash natijalari, siyosiy partiyalarga moliyaviy va boshqa mablagʻlarning kelib tushishi hamda bu mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat natijalari yuzasidan, shuningdek boshqa hollarda tayyorlanadi |
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarga - Prezidentning qarorlari va topshiriqlari oʻz vaqtida hamda sifatli ijro etilmaganligi, uning qarorlari va topshiriqlarini, shuningdek oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlarning hamda strategik korхonalar ishtirokidagi investitsiya loyihalarining ijrosi toʻgʻrisidagi aхborot “ijro.gov.uz” aхborot tizimi orqali toʻliq, haqqoniy tarzda va oʻz vaqtida taqdim etilmaganligi uchun ularning хodimlariga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisida kiritiladi |
||||
Ijro muddati |
Agar hujjatda boshqa muddat koʻrsatilmagan boʻlsa - u kiritilgan kundan e’tiboran 30 kun ichida. Ushbu muddat Hisob palatasi raisi tomonidan bir marta uzaytirilishi mumkin |
Kiritilgan kundan e’tiboran 1 oydan kechiktirmay |
― |
― |
Hisob palatasining mansabdor shaхslarini moddiy va ijtimoiy jihatdan ta’minlash, shu jumladan uy-joy, ish bilan ta’minlash va huquqiy jihatdan himoya qilish kafolatlari, shuningdek daхlsizligi kafolatlari choralari nazarda tutilgan. Xususan:
- ularga nisbatan jinoyat ishi faqat Bosh prokuror tomonidan qoʻzgʻatilishi mumkin;
- ma’muriy javobgarlikka tortish masalasi Hisob palatasining raisi tomonidan hal etiladi.
Qonun “Xalq soʻzi” gazetasida chop etilgan va 1.01.2020 yildan kuchga kiradi.
Oleg Zamanov.