Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Hisob palatasi mahalliy byudjet hisobotlarini tashqi auditdan oʻtkazadi

29.12.2021

Rus tilida oʻqish

28.12.2021 yildagi “Byudjet jarayoni takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-740-son Qonun qabul qilindi.

 

U bilan Byudjet kodeksi, «Oʻzbekiston Respublikasining Hisob palatasi toʻgʻrisida»gi va «Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida»gi qonunlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Endi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan Hisob palatasiga quyidagilar taqdim etiladi:

  • navbatdagi yil uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining loyihalari koʻrib chikish hamda tegishli хulosani takdim etish uchun;
  • oʻtgan moliya yili uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobot tashqi auditdan oʻtkazish hamda baholash uchun.

 

Hisob palatasi oʻz navbatida:

  • yuqorida koʻrsatilgan byudjetlarning ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni tashqi auditdan oʻtkazishni va baholashni amalga oshiradi hamda ular yuzasidan tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga хulosa taqdim etadi;
  • “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasi boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga хulosa taqdim etadi.

 

Shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetini, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarini tasdiqlash tartibi oʻzgartirildi.

 

Rezident-yuridik shaхslarga MB asosiy stavkasining 50%idan kam boʻlmagan miqdordagi foiz stavkalari boʻyicha beriladigan byudjet ssudalari va kredit liniyalari miqdori hamda ularni chet el valyutasida berishga taqiq belgilandi.

 

Tumanlar va shaharlar byudjetlari qoʻshimcha manbalarining kamida 30%i jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.

 

Shuningdek, boshqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.12.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.