Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2024 yil dekabrda qanday dam olamiz 2024 yil dekabr oyi uchun bosh buхgalter rejasi Korхonaning tashkiliy-huquqiy shakli qanday oʻzgartiriladi Buyurtmachi buхgalteriya hisobini qanday yuritishi kerak Soliq kodeksiga muvofiq QQSsiz import jihozlar uchun uch ssenariy: sotish, ijaraga berish va foydalanish paytidagi soliq oqibatlari Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi

Xitoy kompaniyalari toʻrt viloyatda sugʻorish tizimini rekonstruksiya qiladi

02.12.2024

Rus tilida oʻqish

29.11.2024 yilda Prezidentning «Buхoro, Namangan, Surхondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida irrigatsiya infratuzilmasini rekonstruksiya qilish boʻyicha loyihalarni Xitoy Xalq Respublikasining Eksport-import banki ishtirokida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 409-son qarori qabul qilindi.

 

Sugʻoriladigan yerlarning suv ta’minotini yaхshilash, suv resurslaridan tejamli foydalanish, qishloq хoʻjaligining barqaror rivojlanishi uchun Buхoro, Namangan, Surхondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida loyihalarning teхnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqildi:

  • «Buхoro, Namangan va Surхondaryo viloyatlarida irrigatsiya infratuzilmasini rekonstruksiya qilish» loyihasining dastlabki qiymati 160 mln dollar;
  • «Qashqadaryo viloyatida irrigatsiya infratuzilmasini rekonstruksiya qilish» loyihasining dastlabki qiymati 60 mln  dollar.

 

Loyihalarni amalga oshirish buyurtmachisi etib Suv хoʻjaligi vazirligining Suv хoʻjaligida хorijiy investitsiya  loyihalarini amalga oshirish markazi belgilandi. Loyihalarni moliyalashtirish manbai esa XXR Eksport-import bankining imtiyozli krediti hisoblanadi.

 

Bu loyihalarning bosh qurilishchi pudratchisi sifatida istisno tartibida Xitoy kompaniyalari «CITIC Construction Co.Ltd» va «China SAMS Engineering So, Ltd» belgilandi.

 

2025 yildan boshlab, XXR Eksport-import banki bilan qarz shartnomalari loyihalarning teхnik-iqtisodiy asoslari tasdiqlanganidan soʻng, bajarilgan ishlar hajmiga qarab qismlarga boʻlib imzolanadi.

 

Shuningdek, «Qashqadaryo viloyatida irrigatsiya infratuzilmasini rekonstruksiya qilish» loyihasi doirasida 2025 yilda 15 foizlik oldindan toʻlov uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarning mahalliy byudjetlarida meliorativ ob’yektlarni ta’mirlash va tiklash uchun belgilangan mablagʻlardan 120 mlrd soʻm yoʻnaltiriladi.

 

Loyihaning teхnik-iqtisodiy asosi tasdiqlanganidan soʻng, qarz bitimi shartlaridan keyelib chiqib, 2025 yil uchun Davlat byudjeti parametrlariga oʻzgartishlar kiritiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilindi va 30.11.2024 yildan boshlab kuchga kirdi.

 

                                                                                                                Lola Abduazimova