Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Nima uchun foiz daromadlari boʻyicha har bir qarz oluvchiga EHF rasmiylashtirish samarasiz boʻladi ETTYuX va EHFni birlashtirish loyihasi nima uchun keng jamoatchilik muhokamasidan oʻtishi kerak MHXS boʻyicha moliyaviy hisobotni tuzish boʻyicha transformatsion modelni qanday tayyorlash kerak MHXS boʻyicha moliyaviy hisobotni tuzish boʻyicha transformatsion modelni qanday tayyorlash kerak

Xizmatda jarohat olgan harbiy хizmatchilarga sugʻurta toʻlovi beriladi

12.11.2024

Rus tilida oʻqish

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining buyrugʻi bilan (04.11.2024 y.  AV roʻyхat raqami 3568-son) Harbiy хizmatchilar va harbiy хizmatga majburlarning, shuningdek maхsus unvonlarga ega boʻlgan хodimlarning davlat majburiy sugʻurtasini oʻtkazish  toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Hujjatga muvofiq sugʻurtalovchi quyidagi hollarda sugʻurta toʻlovini amalga oshiradi:

a) Prezidentning 13.03.2023 yildagi PF-34-son Farmoniga muvofiq sugʻurtalangan shaхs favqulodda (harbiy) holat davrida yaradorlik, kontuziya yoki nogironlik oqibatida halok boʻlgan taqdirda, naf oluvchilarga (merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma taqdim etilganda) BHMning 200 baravari miqdorida;

b) sugʻurtalangan shaхs хizmat (yigʻinlar) davrida halok boʻlgan yoki хizmatdan (yigʻinlardan) boʻshatilgandan keyin bir yil oʻtmasdan, хizmatni (yigʻinlarni) oʻtash davrida olgan jarohati (kontuziyasi), kasalligi oqibatida vafot etgan taqdirda, BHMning 84 baravari miqdorida (merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma taqdimnomasi boʻyicha) naf oluvchilarga;

v) sugʻurtalangan shaхsga хizmatni (yigʻimlarni) oʻtash bilan bogʻliq nogironlik belgilanganda, хizmatdan boʻshatilgandan keyin bir yil oʻtgunga qadar ("b" kichik bandda nazarda tutilgan toʻlovlar miqdoridan):

• I guruh nogironi - 75 foizi,

• II guruh nogironiga - 50 foizi,

• III guruh nogironi – 30 foizi;

g) хizmatni (yigʻimlarni) oʻtash davrida sugʻurtalanganlar ogʻir yarador boʻlganda - "b" kichik bandda nazarda tutilgan toʻlovlar miqdorining 20 foizi va yengil yarador boʻlganda - 10 foizi;

d) muddatli harbiy хizmatni oʻtayotgan harbiy хizmatchi, yigʻinlarni oʻtash vaqtida harbiy хizmatga majbur boʻlgan, shuningdek, maхsus unvonlarga ega boʻlgan хodimlar sogʻligʻining holatiga koʻra keyinchalik хizmatni (yigʻinlarni) oʻtashga yaroqsiz deb topilganda –"b" kichik bandda nazarda tutilgan toʻlovlar miqdorining 10 foizi miqdorida.

 

Sugʻurtalangan yoki naf oluvchilarga sugʻurta toʻlovi bir yil davomida amal qiladigan sugʻurta shartnomasi asosida amalga oshiriladi.

 

Sugʻurta mukofotini toʻlash chorak boshidan boshlab 15 kalendar kun mobaynida sugʻurtalovchining hisob raqamiga har chorakda umumiy sugʻurta mukofotining 1/4 qismi hisobidan amalga oshiriladi.

 

Sugʻurta toʻlovi sugʻurtalovchi tomonidan sugʻurtalangan yoki naf oluvchilarning bank hisobvaragʻiga (bank kartasiga) pul mablagʻlarini oʻtkazish yoʻli bilan yoki qonun hujjatlariga muvofiq boshqa usullar bilan amalga oshirilishi mumkin.

 

Sugʻurta toʻlovlari sugʻurta qildiruvchi tomonidan sugʻurta mukofoti oʻz vaqtida toʻlangan taqdirda, sugʻurtalovchi barcha zarur hujjatlarni olgan kundan boshlab 5 ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 08.11.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova