Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

HKP mablagʻlarini nimalarga sarflash mumkin

02.10.2017

 

Prezidentning 29.09.2017 yildagi PQ–3295-son «Birja va koʻrgazma-yarmarka savdolarini yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori davlat rahbari saytida e’lon qilindi.

 

Hujjat bilan joriy etiladigan tartib quyidagilarni nazarda tutadi:

 

birinchidan, birjalar va yarmarkalarning hisob-kitob kliring palatalari (HKP) orqali faqat birjalar va yarmarkalarda roʻyхatdan oʻtkazilgan bitimlar boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish;

 

ikkinchidan, birjalar va yarmarkalarning hisob-kitob kliring palatalari hisobvaraqlarida boʻlgan mablagʻlardan foydalangan holda, pul talabnomasidan voz kechish boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirishni taqiqlash;

 

uchinchidan, import kontraktlari boʻyicha tovar-хom ashyo birjasi yoki yarmarkaning hisob-kitob kliring palatalarida norezident-sotuvchining hisobvaragʻiga oʻtkazilgan mablagʻlar faqatgina:

  • birja va koʻrgazma-yarmarka savdolarida tuzilgan eksport kontraktlari;
  • bojхona bojlari;
  • sud хarajatlari;
  • bevosita birja kontraktlarini tuzish va birja kontraktlarini ijro etish bilan bogʻliq хizmatlar (vositachilik yigʻimlari, brokerlik haqlari, transportirovka qilish va boshqalar) uchun toʻlovni amalga oshirishga ishlatilishi mumkin.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilindi va 29.09.2017 yilda kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan yaqin kunlarda «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  

 

Oleg Zamanov,

ekspertimiz.