Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Nima sababdan tovar uchun tushum komissioner hisobotlaridan oʻtishi mumkinTovarni marketpleys orqali sotish qanday hisobga olinadi Ish kuni davomida хodimga tanaffuslarni belgilash tartibi

Hokim oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorlik koʻrsatkichlari asosida baholanadi

06.09.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi tomonidan 28.08.2021 yildagi «Mahalliy ijroiya hokimiyati rahbarlari oʻrinbosarlarining funksional vazifalari hamda faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlash haqida»gi 548-son qaror qabul qilindi.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari oʻrinbosarlarining faoliyatini eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) asosida baholash tartibi joriy etiladi. Chora-tadbirlar Prezidentning 24.08.2021 yildagi «Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari rahbarlari oʻrinbosarlarining ularga yuklangan vazifalarni bajarishda shaхsiy mas’uliyatini kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-5230-son qaroriga muvofiq qabul qilingan.

 

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Mahalliy ijroiya hokimiyati rahbarlari oʻrinbosarlarining funksional vazifalari hamda faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlar tasdiqlandi:

  • mahalliy ijroiya hokimiyati rahbarlari oʻrinbosarlarining asosiy vazifalari va funksiyalari;
  • huquqlari, shaхsiy mas’uliyati va  javobgarligi;
  • faoliyatini tashkil etish va uni baholash;
  • eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari.

 

Namunaviy nizomlarga asosan viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyatlariga:

  • 2021 yil 10 sentyabrga qadar har bir hokim oʻrinbosarining funksional vazifalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash;
  • 2021 yil 1 oktyabrga qadar hokimning maslahatchilari, mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha yordamchisi, tumanlar (shaharlar) hokimlari hamda ularning oʻrinbosarlarining funksional vazifalari toʻgʻrisidagi nizomlarni ishlab chiqish topshirildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.08.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.