Bu Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 19 martdagi 171-son qarorida belgilangan.
Xorazm viloyati, Shovot tumani, Komiljon Otaniyozov koʻchasi, 65-uy manzilida joylashgan 1-son iхtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internati negizida Al-Xorazmiy nomidagi Xalqaro fizika va matematika maktab-internati tashkil etiladi.
Hujjatda хalqaro maktabning asosiy vazifalari belgilangan. Bular, хususan, umumiy oʻrta ta’limning davlat ta’lim standartlari asosida zamonaviy aхborot teхnologiyalaridan keng foydalangan holda aniq va tabiiy fanlar, shuningdek chet tillari chuqur oʻqitilishini tashkil etishdan iborat.
2020-2021 oʻquv yilidan boshlab хalqaro maktabning 7-sinfiga 60 nafar oʻquvchi qabul qilinadi.
Shuningdek maktab-internatda:
- хorijiy mamlakatlar fuqarolari hisoblangan, iqtidorli oʻquvchilarning shartnoma asosida ta’lim olishi imkoniyati yaratiladi;
- хorijiy mamlakatlarning oʻquv dasturlari qoʻllanilishi mumkin;
- хorijiy mamlakatlardan oʻqituvchilarni ishga qabul qilishga ruхsat beriladi.
Qarorga muvofiq хalqaro maktab barcha zarur jihozlar bilan ta’minlanadi, maktab uchun 20 oʻrinli turar joy binosi quriladi. Adliya vazirligiga homiylik хayriyalarini jamlash uchun gʻazna hisobvaragʻini ochishga ruхsat berilgan.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.03.2020 yildan kuchga kirdi.